ARM tarixi
1934 yil 1 dekabrda O‘rta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya instituti hamda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti va texnikumlari asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) tashkil topgan. Institutda kutubxona ochilgan. 1970 yilda Ilmiy kengashning qaroriga asosan kutubxonaga «TIQXMMI ilmiy kutubxonasi» maqomi berildi va Axborot-resurs markazining (ARM) asosi bo‘ldi.
1941 yilning o‘rtalariga kelib, kutubxonada o‘quv jarayonini to‘liq ta’minlash imkonini beruvchi 150 ming nusxadan ortiq kitoblar mavjud edi.
1941-1945 urush yillarining og‘ir qiyinchiliklari vaqtida ham kutubxona o‘z instituti, shu bilan bir qatorda Toshkentga ko‘chirib keltirilgan Moskva Gidromelioratsiya instituti, Leningrad elektrotexnika instituti va Xarkov Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish institutining o‘quv jarayonlarini adabiyotlar bilan ta’minlab turdi.
Urushdan keyingi yillarda ham kutubxona fondi hisobidan 5 mingdan ortiq adabiyotlar nemis-fashist bosqinchilaridan ozod etilgan joylardagi kutubxonalarningfondini qayta tiklash uchun jo‘natildi.
Urushdan so‘ng, institutda yangi fakultet va kafedralarning ochilishi, talabalar sonining ko‘payishi sababli, kutubxona o‘z oldiga fondni yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish vazifasini qo‘ydi. Bu yillarda kutubxona fondi 200 ming nusxadan oshib, kitobxonlarning talablarini bajarish ishlari yaxshilandi.
1960 yillarda institutning yangi o‘quv binolarini ishga tushirilishi, kutubxona kitob saqlash maydonining 819 kv metrga kengayishiga olib keldi.
Talabalar shaharchasida “O‘quvzali”, Andijon shahridagi institut filialida “Kutubxona bo‘limi”, o‘quv xo‘jaligi qoshida “Tayyorlo vbo‘limi tinglovchilari uchun o‘quv kurslari”ning ochilishi munosabati bilan ularg axizmat qiluvchi kutubxona ham tashkil etildi. 1970 yillarga kelib institutda talabalar sonining ortib borishi, yangi fakultet va mutaxassisliklarning ochilishi munosabati bilan kutubxona institut soxalariga oid, o‘quv-tarbiya jarayonini, hamda institut olimlarinin gehtiyojini yetarli darajada qondira oladigan 469 ming nusxadan iborat bo‘lgan kitob fondiga ega bo‘ldi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab kutubxona o‘z fondin idavlat standartiga mos bo‘lgan, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan, demokratik, xuquqiy, ijtimoiy–iqtisodiy va ko‘p qirrali mafkurani aks ettiruvchi o‘zbek tilidagi, bevosita lotin alifbosidag iadabiyotlar bilan ham boyitib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 martdagi 150 sonli «Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan TIQXMMI Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIMI) deb shakllantirilgan, 2004 yilning 15 aprelidagi institutning 187 a/f raqamli buyrug‘iga asosan kutubxona «Kutubxona-resurs markaziga» o‘zgartirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-381 sonli qarori, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim Vazirligining 2006 yil 9 dekabrdagi 295 sonli buyrug‘i, xamda institut rektorining 2007 yil 7 fevral 21a/f – sonli buyrug‘iga asosan «Kutubxona-resurs markazi» «Axborot-resurs markazi»ga (ARM) o‘zgartirilgan.