Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, olingan va erishilayotgan natijalar ishlab chiqarishga, o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ular 7 ta ustuvor ilmiy yo‘nalish muammolariga bo‘lingan:
1. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan suv tejamkor texnologiyalar asosida foydalanish va sug‘oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish;
2. Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash va xavfsizligini ta’minlash asoslarini ishlab chiqish;
3. Gidromeliorativ ishlarni bajarish texnologiyalari, mashina va jihozlarini modernizatsiyalash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, resursini tiklash va ta’mirlash;
4. Qishloq xo‘jaligi uchun resurstejamkor texnologiyalar va texnik vositalarining ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish;
5. Agrosanoat majmui tarmoqlarida energiya samaradorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish muammolari;
6. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish uslublarini takomillashtirish asoslarini ishlab chiqish;
7. Sug‘orma dehqonchilikda suvdan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.