"Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tuzish" bo‘limi
Tuxtaeva Feruza Tulkunovna “Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tuzish” bo‘limi boshlig‘i.
Xizmatning asosiy vazifasi ARMning axborot-kutubxona fondlarini tizimli to‘ldirish yo‘li orqali shakllantirib boradi. “Axborot-kutubxona muassasalarda axborot-kututbxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida” (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan № 2567) yo‘riqnoma asosida hisobga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini olib boradi. ARMni axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlashda kitob sotuvchi firmalar, nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari turkumlashtirish, tahlil va fondning holatini o‘rganish ishini olib boradi.
Komplektlash, kataloglashtirish va tuzish manbaalari:
- nashriyotlar va kitob do‘konlari, firmalari orqali;
- bosmaxonalar, boshqa korxonalar va xususiy firmalar;
- obuna yo‘li bilan;
- kitobxonlardan, kitobning mualliflari tomonidan va tashrif buyuruvchilar tomonidan sovg‘a tariqasida fondni to‘ldirish;
- axborotkutubxona resurslariga texnik ishlov berish, adabiyotlarni sohasi bo‘yicha klassifikatsiya qilish va bibliografik tavsifini tuzish, ARM elektron katalogini tashkil qilish va shu orqali ARM fondini zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan qilib ochib berish.
ISH VAQTI:
Dushanba-juma 8:30 dan 16:30 gacha,
Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.