Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayoni — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;

22.05.2017 yil № 304-sonli Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

                                                                               Qarori

Yuqoridagi hujjat orqali Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining Davlat Talablari, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  to‘g‘risidagi Nizom bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2017 yildagi № 4958-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekistonda ikki pog‘onali Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ko‘zda tutilgan: falsafa doktori va fan doktori. Bunga ko‘ra ta’lim jarayoni: bazaviy doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka bo‘linadi.

Doktoranturaga kirish jarayonida muhim yangilik sifatida kirish imtihonlari suhbatga almashtirilganligidir. Bazaviy doktoranturaga kirishda esa chet tili va mutaxassislik imtihonlari saqlanib qolgan.

Ayni vaqtda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 27 doktorant 10 turdagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Institutda doktorantura va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Institut rahbariyati yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni, doktorantlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish orqali, samarali tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga intilmoqda,

Doktorantlar har yili ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda. Bundan tashqari, ular xalqaro  anjuman va seminarlarda ham faol ishtirok etishmoqda.

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadigan individual rejaga muvofiq ravishda ta’lim oladilar.

Individual reja oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qishning butun davri uchun tuziladi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Kollegial organ qarori bilan:

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilariga ilmiy rahbarlar tayinlanadi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilariga ilmiy konsultantlar tayinlanadi (mazkur bandning oltinchi bandi bundan mustasno).

Ilmiy rahbarlar etib, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek, ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktorlari (PhD) tayinlanishi mumkin.

Faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktorlari ilmiy konsultantlar bo‘lishi mumkin.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini, izlanuvchining xohishiga ko‘ra, ilmiy konsultantsiz ham olib borish mumkin.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:

ixtisoslik hamda chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirishi;

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta’minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida uchta (shu jumladan, bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo‘lishi shart.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishgacha izlanuvchilar:

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta’minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida o‘nta (shu jumladan, bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo‘lishi shart.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya chop etgan bo‘lishi lozim.

Magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

05.00.00 –  Texnika fanlari:

05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi

05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

05.09.07 –  Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

06.00.00 – Qishloq xo‘jalik fanlari:

06.01.02 –  Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari bo‘yicha)

06.01.10 – Yer tuzilish, kadastr va yer monitoringi

08.00.00 – Iqtisod fanlari:

08.00.04 –  Qishloq xo‘jaligi  iqtisodiyoti

11.00.00 – Geografiya fanlari:

11.00.05 – Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari bo‘yicha)

13.00.00 – Pedagogika fanlari:

13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi

Tasarrufida OTM va ITMga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda OTM va ITMdagi izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring olib boradilar.

Monitoringni olib borish uchun ishchi guruh tuziladi, uning tarkibi tasarrufida OTM va ITM mavjud bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

OTM yoki ITM seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish;

v) o‘qishning uchinchi yilida:

jurnallarda, shu jumladan, xorijiy jurnallarda soni OAK talablariga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza qilish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan, bittasi xorijda);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot;

v) o‘qishning uchinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;

dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;

dissertatsiya yoki avtoreferatni OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama etilganligi.

Monitoring natijalari Kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shaxsiy rejalarini bajarmagan izlanuvchilarga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. OTM yoki ITMning ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.

Shaxsiy ish rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

Quyidagilar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini belgilaydigan asosiy talablar hisoblanadi:

a) falsafa doktorlari uchun (PhD):

umumilmiy va aniq tarmoq tadqiqotlarining metodologiyasini egallagani, muammoni malakali tarzda aniqlashi va asoslay olishi, ilmiy ma’lumotlar va materiallarni maqsadli tarzda izlay olishi, tahlil qilishi, tizimlashtirishi va umumlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

tadqiqot natijalariga asoslanib muammo mazmunini bayon qila bilishni, ilmiy xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda ifodalay olishi;

ilmiy natijalarni amaliyotda joriy etish uchun taqdim qila olishi;

b) fan doktorlari uchun (DSc):

ixtisoslik bo‘yicha chuqur fundamental bilimlarga ega bo‘lishi;

fundamental tadqiqotlarni yuqori saviyada bajara olishi va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ilmiy-amaliy muammolarni yecha olishi;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishi.