ARM haqida
ARMning asosiy vazifalari:
1. Institut faoliyati yo‘nalishlari va kitobxonlarning axborotga bo‘lgan talablariga muvofiq xolda kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumot-axborot xizmatini tashkillashtirish va yuritish.
2. ARM zahiralaridan foydalanish qoidalariga muvofiq holda ihtiyoriy fonddan talaba, doktorant, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi va boshqa kitobxonlarga axborotga bo‘lgan talablariga binoan kutubxona va axborot-bibliografik xizmatini ko‘rsatish.
3. Institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o‘quv jarayoni, institut bo‘linmalarining ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajarishiga ko‘maklashish.
4. Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-taxliliy materiallar bilan ishlashga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tartibda tayyorlash. Foydalanuvchilarni kutubxona-bibliografiya bilimlarini asoslariga o‘qitish, yangi an’anaviy bo‘lmagan ma’lumot tashuvchilarda yangi hujjatlar bilan ishlashni o‘qitish tizimini tashkillashtirish.
5. Tashkiliy masalalarni hal qilishda yangicha yo‘llarini izlash, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari va boshqa zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish va bularning asosida ARM tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish doirasini (ro‘yxatini) kengaytirish va ularning sifatini oshirish.
6. Kutubxona va axborot xizmati savollari bo‘yicha uslubiy ishlar olib borish.
7. Foydalanuvchilarni ma’lumot va adabiyotlar bo‘yicha talablarini yanada to‘liq qanoatlantirish maqsadida institutning tarkibiy bo‘linma va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik ma’lumot idoralari, muassasa va tashkilotlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish va birlashtirish.
8. Oliy ta’lim muassaslariga kutubxona xizmati masalalari bo‘yicha ma’lumot-axborot va uslubiy yordam ko‘rsatish.
ARMning asosiy funksiyalari:
1. ARM vazifalari asosan, institut ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va ilmiy izlanishlar mavzulari bo‘yicha fondni butlashni ta’minlaydi. Har xil ko‘rinishdagi va turdagi hujjatlarni (shu jumladan elektron ko‘rinishda) sotib olishni tashkillashtiradi: o‘quv, ilmiy, ma’lumot va xabar nashriyotlar, davriy nashriyotlarni, badiiy adabiyotlarni.
2. Fondlarni butlash uchun manbablarni aniqlashtiradi. Zarurat paydo bo‘lganda boshqa kutubxona, muassasa va tashkilotlar bilan kitob almashinuvini amalga oshiradi.
3. Fondlarni optimallashtirish va shakllantirish maqsadida fondlarning tarkibi va ishlatilishini doimiy taxlil qiladi.
4. Vaqti-vaqti bilan fondlarni tekshiradi va ularning tarkibini kutubxona elektron va an’anaviy kataloglar yordamida ochib qo‘yadi. ARMning fondlarini oshkor qiladigan va reklama qiladigan tematik bibliografik ko‘rsatgichlar va axborot ro‘yxatlarini, ARMning faolityaini aks ettiradigan boshqa nashriyotlarni chiqaradi.
5. Doimiy asosda ARM fondlarini butligini, ularni o‘z vaqtida hisobga olish, saqlash va nazorat qilishni ratsional tashkil qilish, saniyatiriya-gigiena choralarini amalaga oshirish, konservatsiya qilish, institut faoliyati doirasiga oid nashriyotlarni raqamli skanerlash va elektron katalogga qo‘shish, o‘zgartirish yo‘li bilan ta’minlaydi.
6. Foydalanuvchilarga kutubxona va axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi:
6.1. O‘kuv zallarida, o‘quv, ilmiy adabiyotlarni berish abonementlarida va yagona kitobxon bileti asosida adabiyot berish joylarida foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiradi. O‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga kutubxona fondiga ochiq kirish huquqini tashkillashtiradi.
6.2. Foydalanuvchilarga asosiy kutubxona xizmatlarini bepul ta’minlaydi:
- kutubxona fondi haqidagi to‘liq ma’lumotni kataloglar tizimi, kartotekalar va kutubxona axborotining boshqa shakllari yordamida taqdim etadi;
- chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni izlash va tanlashda konsultativ yordam ko‘rsatadi;
- kutubxona fondidan chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik foydalanishga beradi;
- elektron katalog va nashriyotlarga kirish huquqini ta’minlaydi;
- institutning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatgichlar, adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, bibliografik ma’lumotlar, bibliografik sharhlar tuzadi, mavzuli kitob ko‘rgazmalarini tashkil qiladi;
6.3. Doimo foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini o‘rganadi.
7. Institut buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat asosida foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan qo‘shimga xazmatlar ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatga zarar yetkazmagan holda, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish va kutubxonaning ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini kengaytiradi.
8. Talabalar va foydalanuvchilarning boshqa toifalari uchun kutubxona-bibliografik bilimlar asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtiradi.
9. Amaldagi me’yoriy va huquqiy rasmiy hujjatlarga asosan kutubxona fondidan hujjatlarni muomaladan chiqaradi. Ish yo‘nalishiga taalluqli bo‘lmagan va ortiqachatakrorlangan adabiyotlarni qayta taqsimlashni bajaradi.
10. Kutubxona-bibliorgafiya va axborot faoliyatiga tegishli savollar bo‘yicha mustaqil ravishda yoki institutning boshqa bo‘linmalari, kutubxona yoki tashkilotlar bilan ilmiy va uslubiy konferensiyalar tashkil qiladi va o‘tkazadi.
11. Kutubxonaning faoliyatini hamma yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi.
12. Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadi, ilg‘or kutubxona texnologiyalarini tatbiq etadi. Foydalanuvchilarni qiziqishlarini o‘rganish maqsadida turli tadqiqotlarni olib boradi.
13. Institutning xodimlari, ilmiy jamiyatlari va jamoa tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlarni o‘zaro muvofiqlashtiradi.
14. ARM kutubxonalar va boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kutubxona-bibliorgafik va axborot faoliyati savollari bo‘yicha birgalikda ish olib boradi.
15. ARM faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, texnologik va ish tartibi hujjatlarini ishlab chiqadi.
ARMning fondi:
2019 yil xolatiga fond 633 654 dona chop etilgan nashrlardan tashkil topgan, ARMning ma’lumotlar bazalarida 100 000 dan ziyod bibliografik yozuvlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, ruznomalar,maqollar va badiiy adabiyotlar) bundan tashqari 30 000 dan ortiq to’liq matnli elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, badiiy adabiyotlar va maqolalar mavjud.
ARMda o‘rtacha bir yilda:
— 5850 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tqaziladi;
— 258. 870 tashrif amalga oshiriladi;
— 484. 796 adabiyotlar foydalanuvchilarga beriladi;
— 97,0 adabiyotlar ARM fondiga kelib tushadi.
ARMda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali professor-o‘qituvchilarga va talabalarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, ma’naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yo‘nalishda ARMda IRBIS tizimida quyidagi ma’lumot bazalari (MB) foydalanuvchilar uchun yaratilgan:
- TIQXMMI elektron katalogi MBsida 55188 dona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy va badiiy adabiyotning elektron katalogi (bibliografik yozuvi) mavjud;
- TIQXMMI elektron kutubxonasi MBsida 16.512 dona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar va maqolalarning elektron katalogi va ularning to‘liq matnlari joylashtirilgan;
- Avtoreferatlar elektron katalogi MBsida 12769 dona avtoreferatlarning elektron katalogi va ularning 2500 tasining to‘liq matni mavjud;
- Ro‘znoma va jurnallarning elektron MBsiga 120 ta davriy nashrlarning va maqollarning 15911 dona elektron katalogi, 4270 dona davriy nashrlarning nomerlari shulardan 2922 tasining “mundarija”si kiritilgan va 16.000 ta maqolalarga elektron katalog hamda maqollarning to‘liq matni joylashtirilgan;
- TIQXMMI modullarining elektron katalogi MBsida 407 dona modullarning elektron katalogi bilan to‘liq matni kiritilgan.
Ushbu vazifalar yuzasidan bugungi kunda ARMda talaygina ishlar amalga oshirilgan. ARMning fondining salmoqli qismini elektron kutubxona va davriy nashrlar tashkil etadi. Bular darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop jurnallar, turli xil davlat va nodavlat gazetalari, ilmiy axborotnomalar hamda referativ jurnallar kabi nashrlardir.
Bu ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va 5-serverda “Xar xil xujjatlar” papkasidagi “Axborot resurs markazi” papkasiga joylashtirilgan. Kompyuterga elektron kutubxona o‘rnatilmagan bo‘lsa, u xolda 5-serverda “Xar xil xujjatlar” papkasidagi “Axborot resurs markazi” papkasidan “Elektron kutubxona” yorlig‘ini kompyuterning ish stoliga ko‘chirib o‘tkazilsa elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Elektron kutubxonaga tarmoqqa ulangan hamma kompyuterlar orqali kirish mumkin.