Matbuot xizmati
Matbuot xizmati rahbari:
Djumaniyazov Rahimboy Matkarimovich
TIQXMMI faoliyati to'g'risida axborot taqdim etish uchun mas'ul
Telefon: (8-371) 237-19-60
Mobil tel: +99890 994-60-90., +99897 731-60-90
E-mail: r.djumaniyazov@tiiame.uz
Institut faoliyati bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan yangilik va ma’lumotlarni ko‘rsatilgan manzilga yuborishingiz mumkin. Quyidagi talablarga rioya etilishi shart.
Pedagoglar uchun talablar:
- o‘z fakulteti yoki kafedrasi hayotidagi yangiliklarni;
- o‘zining pedagogik va ilmiy faoliyatidagi yutuqlarini;
- talabalar bilan uyushtirilgan ishlab chiqarish korxonasi yoxud muzey va ziyoratgohlarga sayohatlar va hokazolarni lotin va kiril alifbosiga asoslangan yozuvda, imloviy ishtibohlarga yo‘l qo‘ymasdan, 2-3 sahifadan kam bo‘lmagan holda materialni jo‘natish. Matnga qo‘shib yuboriladigan rasmlar sifatli, tiniq va aniq bo‘lishi zarur.
Talabalar uchun talablar
- o‘quv jarayonida erishgan yutuq va yangiliklarni;
- intellektual yoki sport musobaqalarida erishgan g‘alabalarini;
- innovatsion ixtiro yoxud yangi g‘oya va takliflarini;
- o‘quv-pedagogik jarayonda, institut hayotidagi turli tadbirlarga nisbatan tahiliy va tanqidiy munosabatlarini;
- o‘z ijodi namunalarini, nazm va nasrda yozgan asarlarini, kreativ yondashuvga asoslangan qarashlarini adabiy tilning me’yorlariga, davlat tilining grammatik norma va stilistik asoslariga rioya etgan holda tayyorlangan materiallar lotin va kiril alifbosida qayd etilgan manzilga yuborilishi talab etiladi. Matn bilan yuborilgan foto sifatli, tiniq bo‘lishi, professional fotokamera yoki 8 mega pikseldan yuqori bo‘lgan mobil telefonda olingan bo‘lishi lozim.
Manzil: 100000. Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39 – uy.
Bino/ofis: TIQXMMI. Rektorat binosi, ARM 1 - qavat, 4 – xona.