"Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash" bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zali xizmati ARM fondidagi: xorijiy bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.

  • Professor-o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Zalda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda chel elda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

An’anaviy xizmat turlari:

  • foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish;
  • adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish;
  • adabiyotlarni uyga berish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;

 

ISH VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.