Gidromelioratsiya
Fakultet dekani
Fatxullayev Alisher Mirzatillayevich
texnika fanlari doktori
Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00
Tel: (+998 71) 237-19-80
E-mail: a.fatxulloyev@tiiame.uz
Veb-sayt: www.hm.tiiame.uz
Fakultet haqida
Gidromelioratsiya fakulteti 1923 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan ilk davrlarda 49 nafar professor-o‘qituvchilar 274 talabalarga melioratsiya muhandisligi bo‘yicha bilim bera boshlagan. Gidromelioratsiya fakulteti tarixi institutning tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 1934 yil 16 noyabrda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti» tarkibida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Fakultetining tashkil etilishi, rivojlanishi, O‘rta Osiyo miqyosida nufuzli ilmiy markaz sifatida shakllanishida yetuk olimlar, yirik mutaxassislarning hissalari beqiyosdir. Ayniqsa A.N.Askochenskiy, V.V.Poslavskiy, N.A.Yanishevskiy, V.F.Bulayevskiy, F.P.Morgunenkov, V.D.Jurin, Ye.I.Zamarin, N.V.Makridin, S.T.Altunin, T.N.Qori-Niyozov, A.N.Gostunskiy, B.D.Korjavin, X.A.Axmedov, T.A.Kolpakovlarning sayi – harakatlari tufayli fakultet ilmiy yo‘nalishlarda yetakchilik qilgan. Bugungi kunda fakultet tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gidravlika va gidroinformatika» «Irrgatsiya va melioratsiya», «Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish», «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish», «Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi», «Gidrologiya va gidrogeologiya” «Tuproqshunoslik va dehqonchilik», «Fizika va kimyo», «Jismoniy madaniyat va sport» kafedralari va «Ekogis» markazi professor-o‘qituvchilari talabalar va magistrlarga keng ko‘lamdagi zamonaviy talablar doirasida ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Oxirgi yillarda fakultetda «Suv xo‘jaligi va melioratsiya», «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi», «Gidrologiya» «Kasb ta’limi: Suv xo‘jaligi va melioratsiya» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxasislar tayyorlab kelayotgan bo‘lsa, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublika Prezidentining 4 maydagi PQ 2954-sonli qarori asosida fakultet tarkibida yangi, “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga quyildi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda 1800 nafar talabalar zamonaviy sharoitda tahsil olmoqdalar. Shuningdek fakultet halqaro hamkorlik borasida yetakchi sifatida AQSh, Yevropa, MDX va Sharq mamlakatlari nufuzli ilmiy tadqiqot institulari va universitetlari bilan keng qamrovli ilmiy, metodik, kadrlar almashinuvi yo‘nalishlarida samarali aloqa tizimi yo‘lga qo'yilgan.