Davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotganlar

 

 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Batafsil

 

 

 

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Sh.M.Mirziyoyev Hukumat boshlig‘i sifatida keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashda o‘zining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi.

Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratdi.

Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi.

Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim o‘rin egalladi.

O‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahallaning nufuzi va obro‘sini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada e’tibor qaratdi.

Qayd etilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi.

2016-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovi yakunlari bo'yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o'z vazifasini bajarishga kirishdi.

Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi.

Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.

 

 

Ernazarov Nazimjon Sheraliyevich

Batafsil

 

 

 

 

Ernazarov Nazimjon Sheraliyevich

2018 yil 1 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-gidrotexnik.

MEHNAT FAOLIYaTI:

1974-1979 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining talabasi

1979-1982 yy. - Davlat suv qurilishi qo‘mitasining “Namangansuvqurilish” trestiga qarashli 4-sonli qurilish-montaj boshqarmasi qurilish muhandisi, bosh iqtisodchisi, texnik bo‘lim muhandisi

1982-1994 yy. - Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani suv xo‘jaligi birlashmasi bosh muhandisi, boshlig‘i

1994-1996 yy. - Namangan viloyati Suv xo‘jaligi birlashmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

1996-2003 yy. - Namangan viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining suv tizimlarida foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2003-2005 yy. - Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2005-2005 yy. - Namangan viloyati 9-sonli Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi direktori

2005-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Kapital qurilish va qurilish ishlarini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i

2007-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

2011-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i

2018 y. – h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Abdujabbarov Zokir Yuldashevich

Batafsil

 

 

 

 

Abdujabbarov Zokir Yuldashevich

2015 yil 01 iyuldan «Qishloqenergoloyiha» Aksionerlik jamiyati Bosh direktori. Ma’lumoti buyicha mutaxassisligi injener-elektromexanik.

MEXNAT FAOLIYaTI

1984-1991 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti talabasi;

1991-1994 yy. – «Selenergoproekt» Urtaosiyo bulinmasi 3,2 toifali muxandisi, yetakchi muxandisi;

  1. - 2001yy. – “Toshelektrtarmok “ Nimstansiya xizmati, taqsimlash uskunalarini ta’mirlash buyicha elektrchilangar, elmonter, Tezkor dispetcherlik xizmati (TDX) dispetcheri;

2001-2004 yy. – “Uzbekenergo” DAK , “Uzelektrtarmoq” UK, Toshkent magistral elektr tarmoqlari Tezkor dispetcherlik xizmati dispetcheri, bosh muxandis muovini;

2004-2009 yy. – “Uzbekenergo” DAK , “Uzelektrtarmoq” UK, Markaziy magistral elektr tarmoqlari bosh muxandis muovini, bosh muxandisi;

2009 -2014 yy.– «Qishloqenergoloyiha» OAJ direktori;

2014 y. – x.v. – «Qishloqenergoloyiha» AJ direktori, bosh direktori;

Muratov Xakim Maxmudovich

Batafsil

 

 

 

 

Muratov Xakim Maxmudovich

1960- yili Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan.

1984-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-elektrik

Ilmiy darajasi Texnika fanlari doktori

MEHNAT FAOLIYaTI

1978-1979 yy.- Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani fermer xo‘jaligi a’zosi

1979-1984 yy.- Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti talabasi

1984-1998 yy.- Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti assistenti, aspiranti, dotsenti, dekani, doktoranti

1998-2000 yy.- Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti bo‘lim boshlig‘i

2000-2002 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i

2002-2006 yy. - «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

2006-2012 yy.- «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi «ORGRES» OAJ elektr markazi Boshlig‘i

2013-2016 yy. - O‘zR FA Energetika va avtomatika instituti direktori

  1. - h.v. - “Uzbekenergo” AJ «Ilmiy - texnika markazi» direktori

Abduraxmonov Xurshid Ko‘charovich

Batafsil

 

 

 

 

Abduraxmonov Xurshid Ko‘charovich

1985- yili Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan.

2009-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi elektr ta’minoti (qishloq va suv xo‘jaligi)

MEHNAT FAOLIYaTI

2008-2009 yy. - Toshkent shaxar tegermon «Nonvoyxona jixozlari» ma’suliyati cheklangan jamiyatida elektr chilangar

2009-2012 yy. - «Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» ochik aksiyadorlik jamiyati nimstansiya xizmati elektr montyori

2012-2015 yy. - «Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati xavfsizlik texnikasi va mustaxkamlik xizmati muxandisi

2015-2015 yy. - Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati boshlig‘i

 2015-2016 yy  -«Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati xavfsizlik texnikasi va mustaxkamlik xizmati yetakchi muxandisi

2016-2016 yy  -«Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish texnika xizmati yetakchi muxandisi,boshlig‘i

2016-2017 yy  - “Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati texnik savollar va ekspluatatsiya buyicha direktor o‘rinbosari

2017-2018 yy. -“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi”aksiyadorlik jamiyati texnik savollar va ekspluatatsiya buyicha direktor

2018 y.  -  h.v. -“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “Surxondaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonasi”aksiyadorlik jamiyati texnik savollar va ekspluatatsiya buyicha direktor o‘rinbosari

Qurbanov Ilxam Uzakovich

Batafsil

 

 

 

 

Qurbanov Ilxam Uzakovich

1961- yil Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan.

1982-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:muhandis-gidrotexnik

MEHNAT FAOLIYaTI

1975-1977 yy. - “Qarshifuqarolikqurilishi” trestining 2-maxsus mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasi g‘isht teruvchisi

1977-1982 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti talabasi

1982-1983 yy. - Qashqadaryo viloyat suv xo‘jaligi loyihalash guruhi texnik - qidiruvchi, muhandis;

1983-1985 yy. - Harbiy xizmat

1985-1986 yy. - Qarshi “O‘zmaxsussuvqurilish” trestining 2-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasida mexanik, usta;

1986-1992 yy. - Qashqadaryo viloyat agrosanoat uyushmasida yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bosh muhandis-texnadzor;

1992-1993 yy. - Qashqadaryo viloyat “Otchopar” uyushmasida bosh direktor o‘rinbosari;

1993-1996 yy. - Qashqadaryo viloyat agrosanoat uyushmasida yer suv xo‘jaligi bo‘limining 1-toifali mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i;

1996-1997 yy. - Qashqadaryo viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

1997-2003 yy. - Viloyat kollektor-drenaj tizimlari boshqarmasi boshlig‘i;

2003-2003 yy. - Qashqadaryo viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

2003-2010 yy. - Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi “Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i;

2010 -2018yy.  - Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i.

2018 y. -  h.v.  - Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

Raximov Botir

Batafsil

 

 

 

 

Raximov Botir

1954- yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tug‘ilgan.

1976-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-gidrotexnik

MEHNAT  FAOLIYaTI

1976-1978 yy. - Kitob tumani sug‘orish tarmoqlari  boshqarmasi bosh muhandisi

1978-1980 yy. - “Hisoraksuvqurilish”  qurilish  boshqarmasi  ish ustasi

1980-1982 yy. - “Hisoraksuvqurilish”  qurilish boshqarmasi mexanizatsiyalashgan   qurilish  ko‘chma jamlamasi ish ustasi

1982-1983 yy. - “Hisoraksuvqurilish”  boshqarmasi 2-sonli qurilish uchastkasi boshlig‘i

1983-1986 yy. - Hisorak suv omboridan foydalanish xizmati boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i  

1986-1990 yy. - “Xisoraksuvqurilish” qurilish boshqarmasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandisi

1990-1992 yy.-  “Hisoraksuvqurilish”  tresti bosh muhandisi

1992-1998 yy.-  “Hisoraksuvqurilish”  tresti boshqaruvchisi

1998-2001 yy.-  Yakkabog‘ tumani hokimi

2001-2003 yy.-  Shaxrisabz noruda materiallari ochiq aksiyadorlik jamiyati raisi

2003-2003 yy.-  Qashqadaryo viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining suv  xo‘jaligi masalalari buyicha birinchi o‘rinbosari

2003-2017 yy. - Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari  havza  boshqarmasi boshlig‘i

2017-2018 yy. -  Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari  havza  boshqarmasi boshlig‘i-Qashqadaryo viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining  o‘rinbosari

2018 y. -  h.v. -   Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari  havza  boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi

Ostanov Razzoq Marizayevich

Batafsil

 

 

 

 

Ostanov Razzoq Marizaevich

1954- yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan.

1979 y. Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti(kechgi),(sirtqi)

2001 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti (sirtqi)ni tamomlagan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: tog‘-injeneri, neft va gaz konlarini ishga tushirish texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalashi, gidromelioratsiya

MEHNAT FAOLIYАTI

1976-1977 yy. - Chorbakir mexanizatsiyalashgan ko‘chma jamlanmasi chilangar montajchisi 1977-1978 yy. - «SREDAZNIIGAZ» institutining Buxoro kompleks bo‘limi katta laboranti

1978-1982 yy. - «SREDAZNIIGAZ» institutining Buxoro kompleks bo‘limi muhandisi, katta muhandisi

1982-1983 yy. - «SREDAZNIIGAZ» institutining Buxoro kompleks bo‘limi kichik ilmiy xodimi

1983-1986 yy. - Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli Ishlab chiqarishni texnologik komplektatsiyalash boshkarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

1986-1991 yy. - Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli Ishlab chiqarishni texnologik komplektatsiyalash boshkarmasi boshlig‘i

1991-1996 yy. - Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi bosh muhandisi

1996 y.  -  h.v. - Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

1996 y.  -  h.v. -  Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanallarini ishlatish boshqarmasi boshlig‘i

Mamatov Sobitjon Alijonovich

Batafsil

 

 

 

 

Mamatov Sobitjon Alijonovich

1963 yil Namangan viloyati, Yangiko‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 y.Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini bitirgan. Mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumoti: gidromelioratsiya.

MEHNAT FAOLIYaTI

1980-1984 yy. -«Nanay» davlatxo‘jaligi-zavodi bo‘limi ishchisi

1984-1989 yy.-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Gidromelioratsiya fakulteti talabasi

1989-1992 yy.-SANIIRI ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi aspiranti

1992-1994 yy.-SANIIRI instituti Suv resurslari muhofazasi bo‘limi kichik ilmiy xodimi

1994-1995 yy.-SANIIRI instituti Suv resurslari muhofazasi bo‘limi ilmiy xodimi

1995-2000 yy.-SANIIRI instituti Suv resurslari muhofazasi bo‘limi katta ilmiy xodimi

2000-2007 yy.-SANIIRI instituti Suv resurslari muhofazasi bo‘limi mudiri

2007-2012 yy.-SANIIRI instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

2012-2014 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Irrigatsiyava suv muammolariilmiy tadqiqot instituti  direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari v.b.

2014-2016 yy.-Irrigatsiyava suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi “Suvtejovchi sug‘orish texnologiyalari” ilmiy tadqiqot konsalting markazi sho‘ba korxonasi direktori

2016-2017 yy. - Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy axborot markazi(DSXMK IAM) direktorining o‘rinbosari

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Axborot-tahlil va resurs markazi” direktori

2018 y.  -  h.v. - O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining “Axborot-tahlil va resurs markazi” direktori

Рахматиллаев Азамжон

Batafsil

 

 

 

 

Raxmatillaev Azamjon

1956 yilda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug‘ilgan. 1978 y. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muxandis gidrotexnik.

MEHNAT FAOLIYaTI

1973-1978 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish  muxandislar intituti talabasi

1978-1980 yy. - Xorazm viloyati Xozarasi tumanidagi «Tuyamo‘yingidroqurilish» boshqarmasi,usta-ish yurituvchisi

1980-1982 yy. - Toshkent «Uzgidrosuvqurilish»loyihalash institui muxandisi

1982-1983 yy. - «Farg‘onasuvqurilish»tresti 1-qurilish-montaj boshqarmasi ustasi

1983-1995 yy. - Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

1995-1996 yy. - Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hokimining dehqonchilik sanoati kompleksi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1996-2003 yy. - Farg‘ona viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2003-2017 yy. - Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

2017-2018 yy. - Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

2018 y.-h.v.     - Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i.

Kulatov Anorboy Qarshiboyevich

Batafsil

 

 

 

 

Kulatov Anorboy Qarshiboevich

1962 yilda Jizzax viloyati,Zomin tumani da tug‘ilgan. 1983 yil, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari institutini tugatgan.  Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Muxandis-mexanik

M e H N A T  F A O L I Ya T I

1983-1983 yy     -              Jizzax viloyati Zarbdor tumani 9-avtokolonna mexanigi

1983-1985 yy     -              Xarbiy xizmatda

1985-1986 yy     -              “Jizzaxcho‘lqurilish” birlashmasi uy-joy kommunla boshqarmasi avtoxo‘jaligi mudiri

1986-1993 yy     -              Zomin tumani “G‘alabaning 40-yilligi” xo‘jaligi brigada boshlig‘i

1993-2000 yy     -              Zomin tumani “Paxtakor” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

2000-2008 yy.    -              Zomin tumani “Do‘stlik” ijara shirkatlar birlashmasi boshlig‘i

2008-2014 yy     -              Zomin tumani “Faxriddin Kulatov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

2014-2015 yy     -              Zomin tumani “Mirzaxmedov Nodirbek” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

2015-2017 yy     -              Zomin tumani “Nishonobod” suvdan foydalanuvchilar uyushmasi raisi

2017 yil x.v.        -              Viloyatlararo Jizzax bosh nasos stansiyasidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i