Faxriy bitiruvchilar
Maxmudov Ernazar Jumayevich
1944 yil 5 fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Duqchi qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislar institutini 1970 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi: muxandis – gidrotexnik. 1990 yildan texnika fanlari doktori, 2015 yildan professor. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 126 maqola, 5 monografiya, 2 oʻquv qoʻllanma, 1 avtorlik guvohnomasi va 2 patent muallifi. Faoliyati davomida bir qancha hamkorlikdagi Halqaro ilmiy tadqiqot ishlari va ekspeditsiyalari ishtirokchisi, jumladan: Amerika Qoʻshma Shtatlari (1998, 2003 yillar, Florida Universiteti bilan hamkorlikdagi grant hamrahbari), Xitoy Xalq Respublikasi 1997 yildan boshlab (Xitoy FA bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar hamrahbari), Misr Arab Respublikasi (1997 yil, Nil daryosi boʻylab ekspeditsiya), Birlashgan Millatlar Tashkiloti loyihasi doirasida Shveysariya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya davlatlarida (2000 yil, Reyn daryosi boʻylab ekspeditsiya), Italiya, Ispaniya, Portugaliya (2001-2003 yillar) va Peru, Ekvador Halqaro ilmiy grant doirasida (2003 yil, Amozonka daryosida) ekspeditsiyalarda, Yaponiya (2005 yildan boshlab hamkorlikdagi loyihalar), Hindiston (1997 Ganga daryosida ekspeditsiya), Rossiya (2008 yil, Ob daryosi boʻylab Shimoliy dengizgacha ekspeditsiya), Vaxsh, Panj (Sarez koʻli) daryolarining shakllanish joylarigacha, Sirdaryoning Kazalinsk (Qozogʻiston)dan Toʻxtagul suv omborigacha olib borilgan ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalar ishtirokchisi. 2012-2015 yillar Amudaryodan Oʻzbekistonga ishonchli va xavfsiz suv taʼminoti tizimini yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqot rahbari. 2011-2016 yillar Oʻzbekiston Hukumatining Qarori bilan Toʻpolang suv ombori va toʻgʻoni qurilishini ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar koordinatori. 2017 yildan Toʻpolang suv ombori resurslari bazasida ichimlik suvi ishlab chiqarish tizimini yaratish ilmiy dasturi rahbari. E.Maxmudov 1965 yilda bilan “Gʻalabaning XX yilligi” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1984-1990 yillarda Qarshi shahar Kengashida deputat. E.Maxmudov oʻz ilmiy faoliyatini 1970-1975 yillarda TIQXMMI Gidravlika kafedrasi aspirantiva katta oʻqituvchisi lavozimida boshlab, 1975-1977 yillard TIQXMMI Qarshi filiali direktori oʻrinbosari, 1977-1983 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali Gidromelioratsiya fakulteti dekani, Qishloq xoʻjaligi va gidrotexnik melioratsiya kafedrasi mudiri, 1983-1984 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali direktori oʻrinbosari, 1984-1990 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali direktori, 1990-1992 yilarda Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish instituti katta va yetakchi ilmiy xodimi, 1992-1996 yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti laboratoriyasi mudiri, Zangiota tajriba eksperemental xoʻjaligi direktori, 1996-1997yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti direktori oʻrinbosari, 1997-2012 yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti direktori, 2012 yildan hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti Bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
Bakiyev Masharif Roʻzmetovich
Bakiev Masharif Ro‘zmetovich |
1947 yil 05 iyulda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug‘ilgan, 1964 y. Xorazm viloyatida o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutini “Daryodagi inshootlar va GESlar qurilishi” mutaxassisligi bo‘yicha intiyozli diplom bilan tugatgan. Muxandis – gidrotexnik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari doktori, professor, Xalqaro Biosfera fanlari akademiyasi (MABIN) akademigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 1973 y. Toshkent irrigatsiya va qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti aspiranturasini tamomlagan, “Tanasidan suv o‘tkazadigan va suv o‘tkazmaydigan shporalar ortida oqim taralishi qonuniyatlari” nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1975-1980 y.y. Gidrotexnika kurilishi fakultetida dekan muovini. 1980 y. Gidrotexnika inshootlari kafedrasi dotsenti. 1980-1981i.y. Chet tillarni o‘rganish kursi (Moskva). 1981-1984 y.y. Mali Respublikasi Kishloq xo‘jaligi-politexnika institutida «Gidrotexnika» fani uqituvchisi. 1985-x.v.TIKXMII Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari kafedrasi mudiri. 1985-1992 y.y. Gidravlik izlanishlar xalkaro assotsiatsiyasi (MAGI) milliy qo‘mitasi a’zosi. 1992-2011. MGU qoshidagi MDX davlatlararo ilmiy-koordinatsiya kengashi a’zosi. 1992 y. Gidrotexnika inshootlari kafedrasi professori. Bakiev Masharif Ro‘zmetovich 1992 y. “Rostlash inshootlari konstruksiyasini hisobiy asoslash va loyihalash usullarini takomillashtirish nomidagi doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan. 1993-2000 y.y. TIKXMII koshidagi K120.06.02 Ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi. 1998-2000 y.y. Uzbekiston Respublikasi OAK texnik ekspert kengashi a’zosi. 1999-x.v. O‘zR Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi «Davsuvxujaliknazorat» inspeksiyasi ekspert kengashi ekspert guruxi a’zosi. v 2000-2005Y. TIMI koshidagi K120.06.02 birlashgan ixtisoslashgan kengash raisi. 2005- y. TIMI qoshidagi K120.06.02 birlashgan ixtisoslashgan kengash a’zosi. 2000 - 2004 y.y. Magistratura dekani. Uning tashabbusi va sayi – harakatlari bilan, “Gidrotexnika inshootlari”, “Selga qarshi va o‘zan rostlash inshootlari”, “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”, “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish” magistratura mutaxassisliklari ochildi. “Gidrotexnikada ilmiy taqiqot”, “Gidrotexnika inshootlari ishonchliligi, ekologik va ijtimoiy xavfsizligi” va boshqa bir qator fanlar uning ilmiy izlanishlari natijalarini qamrab olgan holda kiritilgan. 2004-2008 yy. Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini kurish va ulardan foydalanish fakulteta dekani lavozimlarida ishlab, uning raxbarligida 4 ta bakalavriat va 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga ko‘yilib, davlat ta’lim standartlari, 4 ta yangi fanlarning dasturiy va metodik ta’minotini tayyorlashga ma’sul xodim sifatida oliy ta’limni isloh qilishga o‘z hissasini qo‘shgan. Bakiev Masharif Ro‘zmetovich 300 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 11 ta darslik (1 ta darslik fransuz tilida), 13 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 6 ta ma’ruzalar to‘plami, 6 ta mualliflik guvohnomasi, 7 ta patent, 10 ta tavsiyanoma, 32 ta chet el jurnallaridagi maqolalar muallifidir. “Gidrotexnika inshootlari” darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida II o‘rin (2009), “Gidrotexnika inshootlarini loyihalash” o‘quv qo‘llanmasi I o‘rin (2015) bilan taqdirlangan. Bakiev Masharif Ro‘zmetovich raxbarligida 15 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi yoklangan, shu jumladan 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi Fransiyaning Bordo 1 universiteti bilan xalqoro xamkorlikda bajarilgan, Uning shogirdlari Chan K.T., Raxmatov N., Ikromova M., Shixab A.S., Saad S.S., Din V.T., Qodirov O, Lvov Ye., Anis S., Muradov R., Raxmatullaev Sh., Qaxxorov O‘., Shukurova S, Xayitov X., Choriev J.M., Yangiev A.A. O‘zbekistonda va xorijda mehnat qilishmoqda. Xozirgi paytda 1 ta tayanch doktorantga va 3 ta mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalariga raxbarlik qilmoqda. Ilmiy ma’ruzalar bilan xalqaro, MDX, Respublika va institut miqesidagi kongress, simpozium va konferensiyalarda qatnashgan. Qator xalqaro grantlar sovrindori, shular jumlasidan AQShning qishloq xo‘jaligi departamenti PL-480 loyixasi, Yevropa xamjamiyatining TEMPUS xalqaro magistratura dasturi, Jaxon banki granti va Respublika grantlari va boshqalar. Ilmiy izlanishlar natijalari amaliyotga va o‘quv jarayoniga joriy qilingan. “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura davlat ta’lim standartlarini tayyorlashga ma’sul xodim sifatida oliy ta’limni isloh qilishga o‘z xissasini qo‘shmoqda. Xozirda institut kengashi a’zosi va ixtisoslashgan kengash raisi o‘rinbosari. Mukofotlari: O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi (1994); Korakalpogiston Respublikasi Yuqori kengashi faxriy yorligi (1994); «Shuxrat» medali (1998); Korakalpogistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (2000); O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi ko‘krak nishoni (2001) ; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorligi (2006) ; O‘zbekiston Respublikasi 25 yilligi ko‘krak nishoni (2016).
|
Rajabov Abduraxmon
Rajabov Abduraxmon |
Abduraxmon Radjabov,1946 yil aprel oyining 11 sanasida Samarkand viloyatining Forish tumanida tavallud topgan, TIQXMMI ning Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish fakultetini 1967 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1968-1977 yillarda TIQXMMI da assistent, katta o‘qituvchi, dotsenti lavozimlarida, 1977-1978 yillarda Xorijiy fuqarolar tayyorlash bo‘limi dekani, 1978-1980 yillarda Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish fakul’teti dekani, 1980-1985 yillarda kafedra mudiri, 1985-1987 yillarda katta ilmiy xodim, 1987-2004 yillarda kafedra mudiri, 1992-2001 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha institut 1-prorektori, 1995-1999 yillarda TIQXMMI rektor vazifasini bajaruvchi, 2001-2002 yillarda Akademik-litsey, kasb-xunar kollejlari va marketing xizmati bo‘yicha, 2002-2004 yillarda Ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha 1-prorektor, 2004-2012 yillarda ToshDAU Umumiy texnika fanlari kafedrasi professori, 2012-2017 yillarda ToshDAU Qishloq xo‘jaligida elektr energetika va elektrotexnologiyalar kafedrasi professori va 2017 yildan TIQXMMI professori lavozimida ishlab kelmoqda. 1973 yilda Rossiya federatsiyasi, Moskva shaxrida Goryachkina nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi injenrlari institutida fan nomzodi, 1991 yilda Rossiya federatsiyasi Chelyabink qishloq xo‘jaligini Mexanizatsiyalash va elektrlashtirish institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib doktori ilmiy darajalarini olgan. A.Radjabov qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining energiya sig‘imdorligini pasaytirishga va agrar soxada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishga, xamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etishga salmoqli hissa qo‘shgan va bugungi kunda fan va ta’lim tizimiga yangi innovatsion g‘oya va texnologiyalarni kiritishda faol ishtirok etib kelayotgan, respublikamiz va xorijda xamtaniqli olim va obro‘li ma’rifatchi. Uning ilmiy faoliyati Respublikamizda ustuvor etib belgilangan ilmiy-texnik muammolarni yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning raxbarligida, 2006-2018 yillarda Davlat granti bo‘yicha bajarilgan 1 ta fundamental, 3 ta amaliy, 1 ta innovatsion loyixalar va 1 ta xo‘jalik shartnomasi asosida olib borilgan tadqiqotlari natijasida Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida elektr va issiqlik energiyalarini tejashning ilmiy-metodologik asoslari yaratildi. Tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan tajriba stendlar, texnik qurilmalarning sanoat nusxalari ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2013-2014 yillarda bajarilgan innovatsion loyixa bo‘yicha ishlab chiqilgan Unifikatsiyalangan modulli biogaz qurilmaning sanoat tajriba nusxasi Tashkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Karim Temirboev fermer xo‘jaligi chorva fermasiga o‘rnatilib, 2014 yilda ishga tushirildi. Fundamental tadqiqotlari natijalari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejashning konseptual, prinsipal va nazariy masalalari yoritilgan, hajmi 16,96 bosma taboq monografiya chop etildi. Uning raxbarligida “Qishloq xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydala nish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari” mavzusida, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan fundamental loyixa bajarilmoqda. 2008-2017 yillarda «Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyixalar» Respublika yarmarkasida texnik qurilmalari bilan muntazam ishtirok etib kelgan. A.Radjabov, qishloq xo‘jaligi energetikasi saxosida ilmiy maktabiga ega olim. Uning raxbarligida 6 ta doktorlik, 9 ta nomzodlik, 37 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi kunda 1 ta katta ilmiy xodim tatqiqotchi doktarantning va 1ta katta ilmiy xodim izlanuvchining fan doktori dissertatsiya ishiga raxbarliq qilmoqda. 270 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari, jumladan: 24 ta ixtiro va patent, 6 ta monografiya, 9 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 46 ta uslubiy qo‘llanmalari respublikamiz va xorijda chop etilgan. U yaratgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy qo‘llanmalari agrar soxaning texnik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda keng foydalanilib kelinmoqda. A.Radjabov «Mejdunarodnaya agroinjeneriya» xalqaro va «O‘zbekiston agrar fani axboratnomasi» respublika ilmiy jurnallari taxririyat a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy loyixalarini tanlovi va xisobotlarini ko‘rib chiqish ekspert guruxi a’zosi., O‘zR VM huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (OAK) texnika yo‘nalishi bo‘yicha ekspert kengashi a’zosi sifatida respublikada yuqori malakali kadrlar tayyorlashga va agrar soxada energetikasini rivojlanishiga samarali xissa qo‘shib kelmoqda. |