ARMdan foydalanish qoidalari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) ning faoliyati demokratiya, insonparvarlik, barcha uchun ochiqligi, umuminsoniy qadriyatlar ustunligi, fuqarolikni ta’minlash, shaxsning erkin rivojlanishi prinsiplariga asoslangan.
1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning alohida turlari ro‘yxati, ularning qiymati qonuniy tartibda belgilanadi.
2. ARMning asosiy vazifalari
2.1.Universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshq.) fondining shakllanishi, saqlanishini ta’minlash.
2.2. Foydalanuvchilarga ARMda hamda o‘z xududidagi Axborot-kutubxona markazi (AKM)da mavjud xujjatlar va boshqa materiallarni olishni ta’minlash.
3. Foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari
3.1. ARMdan foydalanish xuquqi fuqaroligi, yoshi, sotsial va boshqa kelib chiqishidan qat’iy nazar ARM xududida yashovchi barcha aholiga, shu jumladan ishlab chiqarish, korxonalar va tashkilotlarga beriladi. Bu xuquq axborot resurslari bilan to‘ldirishning keng qamrovligi, axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda uzatish, shu jumladan kutubxonalararo abonement, hamda kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishning boshqa shakllari orqali ta’minlanadi.
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga ega:
- ARM fondidan kerakli xujjatlarni vaqtinchalik foydalanishga olish;
- ARM tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lumot-axborot, bibliografik va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
- ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot - ommaviy tadbirlarida ishtirok etish;
- ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish;
3.3. ARMga a’zo bo‘lish uchun foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi xujjat(pasport) yoki uning o‘rnini bosuvchi biron-bir xujjat, kerakli nusxada rasm va ro‘yxatga olish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.
3.4. Foydalanuvchilarga bir martalik foydalanish uchun beriladigan xujjatlar soni, ARM tomonidan alohida tartibga solinadi.
Kam nusxadagi va qimmatbaho nashrlar hamda hujjatlar, shu bilan bir qatorda nashr etilmagan materiallar, foydalanuvchilarga o‘rnatilgan tartibda taqdim etiladi.
3.5. ARM fondida mavjud bo‘lmagan xujjatlarning nusxasini foydalanuvchilar o‘z xududidagi AKMlardan olishi mumkin.
3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olgan hujjatlar va boshqa materiallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari shart.
Xujjatlarni va boshqa materiallarni olish chog‘ida foydalanuvchi ularni sinchkovlik bilan tekshirib, kamchiliklar aniqlansa, ARM xodimiga xabar berishi lozim.
3.7. ARM fondiga zarar yetkazgan shaxslar, qonunga binoan jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.
3.8. ARM fondidan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoki unga qayta tiklana olmaydigan darajada zarar yetkazgan foydalanuvchilar, ARM xodimlari tomonidan tan olingan teng qiymatli o‘rniga-o‘rin huddi shunday hujjat va materiallar bilan o‘zgartirishlari (shu jumladan, nusxalari bilan), imkonsiz hollarda ularning qiymati 5 barobar narxlarda undiriladi. Ko‘p miqdorlik (bir necha barobar ko‘p miqdordagi to‘lov) amaldagi belgilangan hujjatlar asosida yo‘qotilgan va zarar ko‘rgan nashrlarning bahosidan kelib chiqqan holda ARM xodimlari yoki jalb etilgan mutahassislar tomonidan aniqlanadi.
3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini buzgan foydalanuvchilar ma’lum muddatga rahbariyat tomonidan o‘rnatilgan ARM dan foydalanish huquqidan maxrum etilish-lari mumkin.
4. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari
4.1. ARMda mavjud hujjatlar va materiallarning saqlanishini ta’minlovchi o‘rnatilgan qoidalar asosida ulardan foydalanishni, saqlashni va hisobot ishlarini amalga oshirish; ma’lumot-bibliografiya apparatini, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
4.2. ARM majbur:
- foydalanuvchilarga ARMda va uning xududidan tashqarida barcha turdagi axborot-resurslaridan foydalanishni ta’minlashi;
- foydalanuvchilarning talablarini o‘rganish va to‘liq qondirib borish;
- kutubxonachilik, bibliografiya, ma’lumot-axborot xizmatini mukammallash maqsadida foydalanuvchilar bilan ishlashning turli individual va guruxli shaklini qo‘llash;
- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori madaniyatlilik va kasb mahoratini ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirish va olishda kerakli yordam ko‘rsatish;
- foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan qiziqish va talablarini o‘rganish asosida axborot resurslarini turli tashish qurilmalarida taqdim etgan holda kutubxona-axborot xizmatini amalga oshirish;
- kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlashni o‘rgatish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishni amalga oshirish uchun sharoitlarni yaratish;
- fondlarda kerakli hujjatlar va materiallarning yetishmasligi holatlarida, ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro qidirish tizimi orqali foydalanuvchilarga yetkazish;
- ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish;
- ARMning ijobiy qiyofasini yaratishga ko‘maklashish, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni va fondlarni targ‘ib qilish, foydalanuvchilarning talablarini o‘rganish va ularning hoxishlarini inobatga olgan holdi yangidan-yangi xizmat turlarini yaratib borish.