Ilmiy kengashlar
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashlar
DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2017 yil 27 iyundagi 240/2-sonli qarori hamda OAKning 2017 yil 27 iyundagi 61-sonli “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash haqida”gi qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Ilmiy kengashga texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha:
05.09.06 – gidrotexnika va melioratsiya qurilishi;
05.09.07 - gidravlika va muhandislik gidrologiyasi;
06.01.02 - melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik;
06.01.10 - yer tuzilishi, kadastr va yer monitoringi (texnika fanlari bo‘yicha) ximoyalarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
- mazkur ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan:
05.09.03-issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish;
05.09.04-suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari (qishloq suv ta’minoti va kanalizatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha);
11.00.03-quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (texnika fanlari bo‘yicha);
11.00.05-atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari bo‘yicha).
Ilmiy kengash raisi: t.f.d. Sultanov T.Z. tel: 237-22-67
Ilmiy kotib: t.f.d. Gapparov F.A. tel: 237-09-71
DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli ilmiy kengash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2017 yil 27 iyundagi 240/2-sonli qarori hamda OAKning 2017 yil 27 iyundagi 66-sonli “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash haqida”gi qaroriga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Ilmiy kengashga texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha:
05.05.07 - Qishloq xo'jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar;
05.07.01 – qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash;
05.07.02 – qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash ximoyalarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Ilmiy kengash raisi: t.f.d. Mirzaev B.S. tel: 237-09-45
Ilmiy kotib: PhD Quziyev U.T. tel: 237-19-61
DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli ilmiy kengash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2017 yil 27 iyundagi 240/2-sonli qarori hamda OAKning 2017 yil 27 iyundagi 80-sonli “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash haqida”gi qaroriga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Ilmiy kengashga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi quyidagi:
08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti;
06.01.10 – Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi (iqtisodiyot fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha himoyalarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Ilmiy kengash raisi: i.f.d. Umurzakov U.P. tel: 237-46-68
Ilmiy kotib: i.f.n. Sultonov B.F. tel: 260-52-30
DSc.28.02.2018.T/FM.61.01 raqamli ilmiy kengash
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom” hamda “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2018 yil 28 fevraldagi 250/2-sonli qarori hamda OAKning 2018 yil 28 fevraldagi 28-sonli “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish haqida”gi qaroriga muvofiq Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida DSc.28.02.2018.T/FM.61.01 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Ilmiy kengashga texnika fanlari hamda fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi quyidagi:
01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha);
01.02.05-Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha);
01.02.02-Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi (texnika fanlari bo‘yicha)
ixtisosliklari bo‘yicha himoyalarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
- mazkur ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosida quyidagi 01.02.01-nazariy mexanika;
01.02.03-gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi (texnika fanlari bo‘yicha)
ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan.
Ilmiy kengash raisi: t.f.d. Mirsaidov M. tel: 237-09-81
Ilmiy kotib: f-m.f.d. Usarov M.K. tel: 262-78-34