Sirtqi bo'lim1
Sirtqi bo`lim boshlig`i
Erkinov Baxodir Narimanovich
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Institutda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi. Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, institut rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• Sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;
• Sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;
• Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik ta’minotni takomillashtirish;
• Sirtqi bo‘limni institutning boshqa tuzilamalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;
• Fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.
Sirtqi bo‘limda jami 1071 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, sirtqi ta’lim bo‘yicha 1- kursda 629 nafar, 2-kursda 399 nafar, 3-kursda 27 nafar, 4-kursda 16 nafar talaba. Sirtqi ta’limda talabalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olmoqdalar:
1 |
5450200 |
Suv xo‘jaligi va melioratsiya |
2 |
5430100 |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
3 |
5450300 |
Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish |
4 |
5340700 |
Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida) |
5 |
5450400 |
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish |
6 |
5311000 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) |
7 |
5230900 |
Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida) |
8 |
5450600 |
Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari |
9 |
5430500 |
Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti |
10 |
5410700 |
Yer kadastri va yerdan foydalanish |
11 |
5230200 |
Menejment (suv xo`jaligida) |
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishni sirtqi shaklida esa talabalar quyidagi ta’lim shakllarida tahsil olmoqda:
1 |
5450200 |
Suv xo‘jaligi va melioratsiya |
2 |
5430100 |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
3 |
5340700 |
Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida) |
4 |
5450400 |
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish |
5 |
5310200 |
Elektr energetikasi (suv xo‘jaligida) |
6 |
5311000 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) |
7 |
5230100 |
Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida) |
8 |
5230900 |
Menejment (suv xo‘jaligida) |
9 |
5230900 |
Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida) |
10 |
5410700 |
Yer tuzish va yer kadastri |
11 |
5410700 |
Yer kadastri va yerdan foydalanish |
12 |
5310500 |
Qishloq va suv xo`jaligida energiya ta`minoti |
1-2-курс ishchi o'quv reja
1-2-Бухгалтерия ҳисоби ва аудит
1-2-Гидротехник иншоотлар ва насос станцияларидан фойдаланиш
1-2-Гидротехника қурилиши (сув хўжалигида)
1-2-Ер кадастри ва ердан фойдаланиш
1-2-Ирригация тизимларида энегрия таъминоти
1-2-Қишлоқ ва сув хўжалигида энегрия таъминоти
1-2-Қишлоқ хўжалигини механизациялаш
1-2-Сув хўжалиги ва мелиорация ишларини механизациялаш
1-2-Сув хўжалиги ва мелиорация
1-2-Технологик жараёнлар ва ишлаб чиқаришни автоматлаштириш ва бошқариш
2-3-4- kurs ishchi o'quv reja
2-Гидротехник иншоотлар ва насос станцияларидан фойдаланиш
2-Ер кадастри ва ердан фойдаланиш
2-Қишлоқ ва сув хўжалигида энегрия таъминоти
3-4-Иқтисодиёт (сув хўжалигида)
3-4-Қишлоқ хўжалигини механизациялаш
3-4-Сув хўжалиги ва мелиорация
3-4-Электр энергетикаси (сув хўжалигида)
3-Гидротехник иншоотлар ва насос станцияларидан фойдаланиш
4-Гидротехника қурилиши (сув хўжалигида)
4-Технологик жараёнлар ва ишлаб чиқаришни автоматлаштириш ва бошқариш