“Zakovat” intellektual o'yini talabalar turar joyida
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchisi “yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilishdir”. Kitobxonlikni va kitobga bo'lgan muhabbatni talabalar ongiga singdirish qalbiga muhrlash maqsadida 2020-yil 1-dekabr kuni 2-TTJning 4-tashabbus xonasida “Qishloq va suv xo'jaligini energiya ta'minoti” fakulьteti 1-kurs talabalari o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini bo'lib o'tdi. O'yinda “Qishloq va suv xo'jaligini energiya ta'minoti” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini, fakultet yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Xususan “Zakovat” intellektual o'yinida 1-kurs talabalaridan iborat 9 ta jamoalar ishtirok etishdi. Muzokaralarga boy bo'lgan o'yinda talabalar o'zlarini bilim va imkoniyatlarini namoyon etishdi. Jamoalarga fakultet rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati