Sport - sogʼlik garovi
Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor koʼrsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbusi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti joriy yilning 28-noyabr kuni fakultet dekani B.B.Hasanov va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari А.I.Аzimov, fakultet yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 1-kurs talaba-yoshlari oʼrtasida “SPORT – SOGʼLIQ GАROVI” shiori ostida sportning “Mini-futbol” turi boʼyicha dekan kubogi boʼlib oʼtdi. Unda 10 ta komanda ishtirok etib, 109-guruh talabalari 1-darajali diplom va dekan kubogiga, 102-guruh talabalari 2-darajali diplom va 105-guruh talabalari 3-darajali diplomga sazovor boʼlishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati