Ta’sirchan va mohiyatli tadbir
2018-yil 5-oktyabrda 1-kurs talaba qizlari bilan odob-axloq va kiyinish madaniyati bo'yicha mubohasali tadbir tashkil etildi. Ushbu yig‘ilishda Hamid Olimjon mahalla Fuqarolar yig‘inining mutaxassisi M.Shermuxamedova, “Lashkarbegi” MFY mutaxassisi Z.Rasuli va QXM, GTK, SXBva TE, GM, GIM fakultetlari xotin-qizlari kengashlarining raislari qatnashdilar.
Tadbirda “Lashkarbegi” MFY mutaxassisi Z. Rasuli so‘zga chiqib, talaba qizlarga hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan odob-axloq va kiyinish madaniyati bo‘yicha gapirib o‘tdi.
Undan tashqari fakultet xotin-qizlar kengashlarining raislari ham so‘zga chiqib, talaba qizlarga yaxshi maslahatlar berishdilar. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi ayni paytda o‘z takliflarini ham berishdi.
Institut xotin-kizlar kengashi raisi Z. Hafizova ma’lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov