Kulgi - belgi
Jonli jarayonga munosabat faollikni talab etadi. Ijtimoiy hayotdagi turli sanalarni nishonlash ham voqelikka o'ziga xos munosabatni taqozo etadi.
Joriiy yilning 4 - aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash munandislari instituti 4 - sonli talabalar turar joyida talaba qizlar o'rtasida “Таlabalar bahori” hamda 1-aprel "Hazil va mutoyiba" kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
4 - sonli talabalar turar joyi mudirasi Dilfuza Aminova, tarbiyachi-pedagog Javlonbek Qutlimurodov 2 - sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Dilorom Sagdullayeva, Andijon qishloq xo'jalik instituti o'qituvchi xodimlari Odinaxon Hasanova, Hurmatoy Mutalibova, ToshDAU Nukus filiali o'qituvchisi Gulzina Shimberganovalar qatnashishdi.
Inson salomatligining tayanchlaridan biri samimiy kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o'zining kulish fazilati bilan ham ajralib turadi. Yaxshi, beg'ubor kulgidan ruhiy sog'lik, tetiklik paydo bóladi. Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan o'taveradi. Shifokorlar kop'incha, kulgi umr uzaytirish doirasi, deya ta'riflaydi. Haqiqatan, kulib, quvnab yurgan odam uzoq umr ko'radi, bu fikr hayotda o'z isbotini topgan. Kulgi kirgan har bir xonadondan g'am-tashvish, urish-janjal, g'iybat bo'hton, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib xushmuomalalik va ahillik kuchayadi. Ammo faqat, kulgi bilan hayot kechirib bo'lmaydi. Kulishning ham vaqti-soati, me'yori bor. Shiningdek, kulgi odobi ham mavjud. Ana shularga amal qilib kulgan kishigina kulgining qadriga yetadi. Ayni paytda "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-bosqich talabasi Iroda Xolmo'minovaning 22 yoshga to'lganligi bilan ham qutlash barchaga xursandlik baxsh etdi.
Tadbirda talaba qizlar she'rlar aytishdi, sahna ko'rinishlari namoyish etilib, qo'shiqlar aytildi. Shu asnoda sahna ko'rinishlari hamda San'at va madaniyat instituti 2-bosqich talabasi Muhammad Xo'janov jonli ijroda qo'shiq aytib barcha talabalarning kayfiyatiga ko'tarinkilik baxsh etdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.