“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XVII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishi 2018 yil 12 aprelida institut ilmiy kengashlar zalida ochildi.
Navbatdagi XVII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
“QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” mavzusidagi an’anaviy XVII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishi 2018 yil 12 aprelida institut ilmiy kengashlar zalida ochildi.
Anjumanni ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi vakillari, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Anjumanni yalpi majlisida yosh olimlar, talaba va magistrantlar tomonidan 5 ta ilmiy-tadqiqot ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Anjuman o‘z ish faoliyatini 11 ta sho‘ba bo‘yicha dasturda belgilangan joylarda 12-13 aprel kunlari davom ettiradi.
Anjumanni yopilishi tadbiri 14 aprel kuni soat 12:00 da Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilishi belgilangan.