Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash
Fakultet dekani
Shovazov Kadirjon Achilovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00
Tel.:+998(71) 237-19-84
Email: q.shovazov@tiiame.uz
Email: www.acm.tiiame.uz
Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 – sonli qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti negizida Toshkent irrigatsi va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 1920 yilda Toshkentda tashkil etilgan. Turkiston Davlat universiteti 8 fakultetlari qatorida texnik fakultet ham ochilgan. 1934 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (TIQXMMI) tashkil etilgan. Uning tarkibida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti ham ochilgan bo‘lib, shu yilning o‘zida fakultetda 400 nafardan ortiq talaba ta’lim olgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari Respublikamiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish jarayoniga katta hissa qo‘shgan: chigit seyalkalarini, g‘o‘za kultivatorlarini, kimyoviy moddalar purkaydigan mashinalarni, paxta terish mashinalarini, traktorlarni va texnikadan samarali foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlar bajarib, aniq tavsiyalar ishlab chiqishgan. Fakultetda ixtisoslashgan “Qishloq xo‘jaligi mashinalari”, “Traktor va avtomobillar”, “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” va “Umumtexnik fanlar” kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetni bitirganlardan Respublikamiz qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirishga katta hiss qo‘shganalar. Fakultet bitiruvchilaridan viloyat, tuman hokimlari, Respublikamiz hukumatining a’zolari, ko‘pgina konstruktor va olimlar yetishib chiqishgan. Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich 1976-1981 yilarda fakultetda ta’lim olganlar. Hozirgi davrgacha fakultet 16000 ga yaqin malakali injener -mexaniklar, 5000 ga yaqin bakalavrlar 600 ga yaqin magistrlar tayyorlandi. Bugungi kunda fakultetda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalari texnik servisi va Kasb ta’limi (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) yo‘nalishlari bo‘yicha 825 nafar talaba ta’lim olmoqda.