Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi
Zuxra Karabaevna Ismailova
Теl: 90-921-00-61
E-mail: zukhra.ismailova@gmail.com
1. Faoliyat to‘g‘risidagi qonun xujjatlari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YIChA MASLAHAT KENGAShI o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qullab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tug‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish tug‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PK-4602-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi Xotin-qizlar bo‘yicha maslaxat-kengashlarini tuzish to‘g‘risidagi 326-buyrug‘i asosida olib boradi.
2. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
- Xotin-qizlarni qullab-quvvatlashga doyir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
- xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-xuquqiy jihatdan qullab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
- xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy axvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-xuquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashadi;
- yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli xolatlarni xal qilishning xuquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
- xotin-qizlarni taz’yiq va zuravonlikdan himoya qilish tug‘risidagi qonun xujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zuravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni vazirlikka kiritadi;
- xotin-qizlarni taz’yiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning xayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;
- xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar xuquqlarini himoya qilishga doir xujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi;
- tizimida samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.
Kengashning majburiyatlari
- Kengash o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
- o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;
- jamoatchilik nazorati tug‘risidagi Qonun xujjatlari talablariga rioya etish;
- fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
- Kengash Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bulishi mumkin.
Kengashning huquqlari
Kengash quyidagi xuquqlarga ega buladi:
- jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligini mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib xissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mu’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritish;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
- xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muxtoj va og‘ir ijtimoiy axvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar xaqidagi qonun xujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim muassasasida xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;
- ta’lim muassasasidagi xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muxtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart- sharoitlari bilan tanishish;
- Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
- yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur xollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish.
Kengash qonun xujjatlariga muvofik boshqa xuquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
3. Institut talaba-qizlari to‘g‘risida ma’lumot