Xo'jalik bo'limi
Foydalanish texnika va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i
Xodjibabaev Xasan Abdumajitovich
Tel: +99871 237-34-98
Foydalanish texnika va xo‘jalik bo‘limi
Bo‘lim institutning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, kafedra, laboratoriya, ma’ruza xonalarida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, talabalar uylarida yashash uchun zaruriy ijtimoiy-maishiy sharoitni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Shuningdek, davlat mulkini asrab avaylash, saqlash institut xududida, o‘quv binolarida, talabalar uylarini tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarib, xududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtiradi. Foydalanish texnika va xo‘jalik bo‘limi tarkibi quyidagilardan iborat
1 Bosh energetik
2 O‘quv ilmiy baza
3 O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi
4 Qurilish guruxi
5 Issiqlik qozonxonasi
6 Mexanika bo‘limi
O‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi
Institutning o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi tarkibiy qismi duradgorlik, mexanika, payvandlash va chilangarlik sexlaridan tashkil topgan bo‘lib, u yerda talabalarning o‘quv amaliyoti olib boriladi. Talabalarga amaliyotda mexanika, payvandlash va chilangarlik mashg‘ulotlaridan maxorat darslari o‘tkaziladi.
Shu bilan birga o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi ishchi xodimlari kafedra va bo‘limlardan kelib tushgan talabnomalar asosida ta’mirlash,tuzatish ishlarini olib borishadi.
Murojaat uchun: O‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi mudiri
Bo‘ronov Xayrulla Xayitbaevich.
Tel: 237-19-03, +99894 634-17-40
O‘quv ilmiy baza
O‘quv ilmiy bazada mavjud avtotransport vositalari mobaynida institut tomonidan kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatishni amlga oshirib keladi. Bazada jami 13 ta transport vositasi mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi o‘quv mashq mashinasi, 1 ta yuk tashish transporti, 1 ta xizmat ko‘rsatuvchi avtobus, 4 ta xizmatchi va navbatchi avtomashinalaridir. Transport vositalari mavsum xolatiga qarab tayyorlanib, yillik texnik va metrologiya ko‘riklaridan o‘tkaziladi.
Bazada “Yo‘l xarakati koidalari” xamda “Avtotrasport vositasining tuzilishi” ma’ruza xonalari mavjud bo‘lib, davlat standartlari asosida jixozlangan. Baza xududida “Estakada”, texnik xizmat ko‘rsatish yamasi, transportlarini saqlash bokslari mavjud.
Bundan tashqari o‘quv ilmiy bazada institut talaba, xodimlari va boshqa fuqarolar uchun “V” toifali xaydovchilarni tayyorlash kursi o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2017 yil xisobiga YXX.B RIB ro‘yxatidan xozirgi kunda 6 ta gurux o‘tgan bo‘lib, har bir guruxda 25 tadan o‘quvchi taxsil olmoqda. Dars samaradorligini oshirish uchun 4 ta o‘qituvchi va 7 ta instruktor faoliyat yuritmoqda. O‘quv kursi uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori bir o‘quvchi uchun 1600000 so‘mni tashkil etmoqda. Institut O‘quv ilmiy bazasi ko‘p yillardan buyon minglab fuqarolar, talaba va ishchi xodimlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Murojaat uchun: O‘quv ilmiy baza boshlig‘i
Ziyatov Kurbanboy
Tel: 235-87-31 +99897 772-08-80
Murojaat uchun: Bosh muxandis
Sobirov Tojiboy Sobirovich
Tel: 237-19-15+99 899 824-85-97.
Bosh muxandisning lavozim vazifalari:
- OTMning muxandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faotiyatiga bevosita raxbarlikni amalga oshirish;
- OTMning muxim ob'ektlarida texnik xavsizligi va texnik ekspluatasiya qoyidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- OTMning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta'mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
- Kapital ta'mirlash bo‘yicha loyixa-smeta xujjatlarini, jumladan bino va uning evakuasiya rejasini tayorlash;
- OTMning moddiy-tyexnik bazasi bo‘yicha xar bir ob'ekt uchun aloxida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayorlash;
- Mavjud ob'ektlar qayta ta'mirlash xamda qimat va ulkan xajimli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechish va qatnashish;
- Binolar texnik xolati va jixozlanishni xamda o‘z vaqtida ta'mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
- Bo‘ysunuvchi shu'balarga tushuntirish ishlarini olib borish xamda ularni mexnat xavsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.