Bo'lim haqida

«Marketing va talabalar amaliyoti» boʻlimi mudiri

Hayitov Xolmurod Jamardovich

+998-71-237-09-85

E-mail: x.xayitov@tiiame.uz

 

 


“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining maqsadi

Ta’lim xizmatlari bozorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlik shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish

1. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limining faoliyati Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori tasarrufida bo‘ladi.

2. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.

3. «Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

4.«Marketing va talabalar amaliyoti» bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.

KARYERA MARKAZI

“Karyera markazi”ning maqsadi va vazifasi

  • Talabalarni raqobatdosh xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga ko‘maklashish;
  • Iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga ish topishda ko‘maklashish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etish;
  • Talabalarni kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
  • Bitiruvchilar bilan Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyatlari (karyerasi) to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.

Ish beruvchilar

  • Korxona, tashkilot va muassasalar bilan institut o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalarning yangi xodimlarga bo‘lgan talablari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • Talabalar uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan uchrashuvlar tashkil etib borish;
  • Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;
  • Ish beruvchilar soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
  • Ish beruvchilar Karyera kuni ko‘rgazmalarida faol ishtirok etishi;
  • Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni institut elektron pochta manziliga yuborib turish.

Talabalar

  • Mehnat bozorida sohaga mos vakansiya izlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Ishga kirish uchun rezyumelar tayyorlash;
  • Ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tishi.

Tadbirlar

  • Karyera kuni yarmarkasi;
  • Ish beruvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilar va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazish.

Kasbga yo‘naltirish

  • Rezyume (ma’lumotnoma) tayyorlash;
  • Suhbat;
  • Taqdimotlar.

Onlayn manbalar

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda soha bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini elektron bazasini yaratib institutning ish e’lonlari bo‘yicha vebportalida yoritish;
  • Elektron baza har oyda yangilanib borilishi va unga yangi bo‘sh ish o‘rinlarini kiritib borish;
  • Korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasini yaratish;
  • Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish;
  • Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotlarni bitiruvchilarning elektron pochta manzillariga yuborib turish.


«Marketing va talabalar amaliyoti» boʻlimi 

Choriyeva Shaxlo Eshnazarovna

Теl: +998-71-237-09-85

 

 

 


«Marketing va talabalar amaliyoti» boʻlimi bosh mutaxassisi

Djoniqulova Barno Musulmonqulovna

Теl: +998-71-237-09

 

 

 


«Marketing va talabalar amaliyoti» boʻlimi bosh mutaxassisi

Abduraxmanova Dilfuza Shavkatovna

Теl: +998-71-237-09