Beshkent qishloq xo'jalik texnikumi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Beshkent qishloq xo‘jalik texnikumi tarixi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent qishloq ho‘jaligi kasb-hunar kolleji 1977 yil 131-qishloq o‘rta hunar texnika bilim yurti qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash maqsadida ochilgan. 1996 yil Vazirlar Maxkamasining qishloq hududiga tadbirkorlikni olib kirish to‘g‘risidagi 296-qaroriga asosan 16 o‘rta xunar texnika bilim yurti Beshkent kasb-xunar litseyiga aylantirildi. 2002 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining moddiy texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2001 yil 338-sonli qarori hamda o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazining 2002 yil 30 noyabrdagi 327 sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyat hokimligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmasining 2002 yil 5-dekabrdagi buyrug‘iga asosan Qarshi tumani Beshkent qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maqomi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida”gi farmoni bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi bo‘lib tashkil qilindi Hozirgi kunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Beshkent qishloq xo‘jalik texnikumining quvvati 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3 qavatli asosiy bino 1-chi va 2-chi o‘quv binosidan iborat, amaliyot o‘tash uchun o‘quv amaliyoti ustaxonasi, avtosaroy va ma’muriy boshqaruv bo‘limlari, 200 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi mavjud. Jami yer maydoni 9,4 gani tashkil etadi.