Qumqo'rg'on agrosanoat texnikumi

Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumi

O‘zbekiston Respublikasi ’’Kadrlar tayorlash milliy dasturi’’talablari asosida hamda Vazirlar Mahkamasining1998 yil 1 maydagi ’’O‘rta maxsus va kasb- hunar talimiga o‘tish to‘g‘risida’’gi 204­­­­­­­-sonli, 2003 yil 29 oktyabrdagi ’’Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimiga izchil o‘tishni taminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi 473-sonli, Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining 2004 yil 30 iyundagi 320-sonli qarorlariga asosan Qumqo‘rg‘on tumanida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash ’’ kasb-hunar kolleji tashkil etilgan. Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining 2004 yil 8-iyuldagi dalolatnomasiga asosan Qumqo‘rg‘on agrosanoat kasb-hunar kolleji nomiga o‘zgartirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat kasb-hunar kolleji Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumi bo‘lib tashkil qilindi. Hozirgi kunda Toshkent irrigsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining xuzuridagi Qumqo‘rg‘on agrosanoat texnikumining quvvati 750 o‘ringa mo‘ljallangan Ta’lim muassasasida 29 ta o‘kuv xonalari, 3 ta laboratoriya xonalari, 1 ta amaliyot o‘tash ustaxonaxona va 50 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona mavjud. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi Polsha granti asosida “Tomat, ketchup va mevali djem ishlab chiqarish mini sexi” bilan jihozlangan. ARM fondida 14326 dona adabiyot mavjud bo‘lib shundan 6101 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 5940 dona badiiy xamda soxalarga oid adabiyotlar, 359 ta elektron darsliklar, 51 dona plakat, 20 dona slaydlar mavjud.


Texnikum direktori

Gapparov Akbar Umirovich Dotsent

Qabul kunlari :Chorshanba

Tel: +998909205574

Е-mail: akbargapparov1978@gmail.com

 


O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Bekqulova Nazira Yusupovna

Qabul kunlari :Payshanba

Tel: +998912295068

E–mail: bnazirayusupovna@gmail.com

 


Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Nomozov Turg‘un Almardanovich

Qabul kunlari: Juma

Tel: +998915169594

E–mail: nturg’un82@gmail.com

 


Xo‘jalik ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosari

Esanov Usmon Abduraxmonovich

Qabul kunlari: Seshanba

Tel: +99899-424-22-08

E–mail: usmonesonov2@gmail.com