Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Bunda, tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2019/2020 o‘quv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ega bo‘lgan abiturientlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: .
- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; .
- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari; .
- pasportning nusxasi; .
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat; .
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma; .
- abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma; .
- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati. .
ega bo‘lgan abiturientlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar bilan suhbatlar 10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.