Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovichning dissertatsiya ishi himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.10.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2019 yil 14 dekabr soat 14-00 dagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

KUN TARTIBI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil izlanuvchisi Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovichningning 05.05.07–“Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi bo‘yicha «Meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish elektrotexnologiyasi» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

Ilmiy maslahatchi: t.f.d., prof. Radjabov Abduraxman

Taqrizchilar: t.f.d., prof. Yusubaliyev Ashirbay, t.f.n. Axmedov Olimjon Tursunbayevich