2020 yilning 14-15 may kunlari TIQXMMIda o‘tkaziladigan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani

Xurmatli yosh olimlar, magistrantlar va talabalar!

Sizni 2020 yilning 14-15 may kunlari TIQXMMIda o‘tkaziladigan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz.

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

“Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani

A X B O R O T X A T I

Anjumanning asosiy maqsadi:

Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama etish va ommalashtirishdan iborat.

Anjumanda quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boriladi:

Sho‘ba

Anjuman yo‘nalishlari nomi

1.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish

2.

Suv resuslarini boshqarish, ekologiya va atrof muhit muhofazasi

3.

Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolari

4.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash

5.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash

6.

Qishloq va suv xo‘jaligining energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor texnologiyalar

7.

Er resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va muxofaza qilish

8.

Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy muammolar, menejment va marketing

9.

Qishloq va suv xo‘jaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qo‘llash

10.

Qishloq va suv xo‘jaligida hayot faoliyati xavfsizligi

11.

Qishloq va suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik ma’naviy omillari

Eng yangi innovatsion yechimlar, institutning ITI rejasiga kiritilgan mavzular, TIJda o‘rganilgan mavzularda iqtidorli talabalarning ishtiroki, shuningdek, Ilmiy amaliy anjumanga talaba tomonidan topshiriladigan ilmiy maqolalarning dolzarbligi, natijalarini nazariy tahlili va xaqqoniyligini ta’minlash ilmiy rahbar va kafedra mudirlari zimmasiga yuklatilib, ekspertiza dalolatnomasi to‘ldirilgan holda 2020 yilning 25-aprel sanasigacha qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. Maqolalar o‘zgartirishlarsiz chop ettiriladi.

Ekspertiza dalolatnomasining blankasini Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi (D.Akbarov, A.Mutalov) dan olasiz.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 100000 Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39 uy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. ITIvaIPKT bo‘limi. Tel: 237-19-61, 237-09-46.

Maqolani yozish tartibi va rasmiylashtirishga oid talablar quyidagi faylda. Maqola yozish va rasmiylashtirish tartibi