Abduraxmonov Sarvar Narzullayevichning dissertatsiya ishi himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengashning

2020 yil 21 fevral soat 15-30 dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TARTIBI

Talabgor Abduraxmonov Sarvar Narzullaevichning 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan «Geoaxborot texnologiyalari va kartografik metodlar asosida mintaqaviy demografik jarayonlarni tadqiq qilish (O‘zbekiston Respublikasi janubiy mintaqasi misolida)» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.