Hurmatli TIQXMMIning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PK – 3271 “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora - tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-16 mart kunlarida Axborot-resurs markazi binosining yonida “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi bilan hamkorlikda “Kitob savdo yarmarkasi” o‘tkazilmoqda. Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari namoyish etilgan.
Axborot-resurs markazi