Rasman! Abituriyentlardan hujjatlar OTMlarda qabul qilinmaydi

Rasman! Abituriyentlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlariga bakalavriatga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun EKIH yarim baravari  (101 ming 365 soʻm ) miqdorida toʻlov undiriladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi