“YUNESKO-Xamdan bin Rashid Al-Maktum” mukofotiga tanlov e’lon qilindi

Mazkur tanlovning asosoiya maqsadi – rivojlanayotgan davlatlarning ta’lim tizimi o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Tanlovda qatnashish uchun quydagi xujjatlar taqdim etiladi:
• tavsiyanoma – tavsiya etilayotgan tashkilot tomonidan to‘ldiriladi;
• ariza – nomzod tomonidan to‘ldiriladi;
• qo‘shimcha xujjatlar (fotosurat, nashrlar va hakozolar);

Hujjatlarning elektron shakli https://en.unesco.org/teachers/Hamdan-prize  saytida joylashgan.

Tanlovga hujjatlar 2019 yilning 8 sentabr kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 267-05-42, 267-05-61 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.