Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovichning dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovichning 05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Kombinatsiyalashgan agregatning g‘o‘zapoyalarni ezib-bo‘laklaydigan tishli g‘altagi parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyaning himoyasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy Kengashining 2021 yil “23” iyun soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.