OʻzR Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiriti
OʻzR Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019-y.)
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar ham mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar. Endilikda OTMlarga hujjat topshirishda 086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydi.
Sirtqi taʼlimga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida 3 ta fandan oʻtkaziladi.
Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.
Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan toʻplanishi kerak boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda taʼlim muassasasining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish har yili 15-yanvardan 25-yanvargacha davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi
Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1327