Iqtidorli yoshlar Respublika forumi

Men “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo`jaligi va melioratsiya” yo`nalishi 201-guruh talabasi Jalilov Sirojiddinman. 2018-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahri Yoshlar ijod saroyida o`tkazilgan “Iqtidorli yoshlar Respublika forumi” innovatsion g`oyalarni qo`llab quvvatlash va ularni moddiy ta’minlash to`g`risidagi forumida o`z innovatsion g`oyam bilan ishtirok etdim. O`z loyihamni rivojlantirish , uni amaliyotga taqdim etish uchun bir qancha maslahatlar oldim. Shu bilan birgalikda “Start-up” loyhasida qatnashish uchun bir muncha o`zimni qiziqtirgan savollarga javob oldim va boshqa ixtirochi talabalar bilan o`z fikrimizni almashdik.

Forum yakunida o`z oldimga bir necha maqsadlarni qo’ydim, ya`ni bu institutimiz hududida “Yoshlar Ittifoqi” qoshida  “Yosh innovatorlar” jamoasini tuzish va uni shakillantirishdir. Bu guruhga barcha innovatsion g`oyalarga qiziqqan va yangiliklarga  intiluvchan talabalarni taklif etaman.

Bu guruhda ular birgalikda yangidan yangi g`oyalar ustida ishlashi, o`z bilimlarini mustahkamlashi, yurtimiz yoki boshqa davlatlarda bo`layotgan innovatsion yangiliklardan xabardor bo`lishi va o`zi ham qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladi. Eng muhimi, shundaki siz bu jamoaga qabul qilinishingiz uchun, sizdan faqat tashabbuskorlik va qiziqishning o`zi yetarli bo’ladi.

Ma’lumot uchun: +99897 761-03-55ga telefon qilishingiz mumkin.

  

 Jalilov Sirojiddin (Gidromelioratsiya fakulteti talabasi)