Institut professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash hamda akademiyaning o‘quv jarayoniga ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif etish yuzasidan tanlov e’lon qiladi:
- fizika;
- mashina va mexanizmlar nazariyasi; mashina detallari;
- materiallar qarshiligi; nazariy mexanika;
- elektrotexnika va elektronika asoslari;
- materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi. Issiqlik texnikasi va gidravlika asoslari;
- mashinasozlik texnologiyasi asoslari va materiallari;
- chizma geometriya va muhandislik grafikasi;
- kimyo;
- oliy matematika;
- fransuz tili;
- ingliz tili;
- nemis tili;
- fors tili;
- rus tili;
- informatika va axborot texnologiyalari;
- muhandislik tayyorgarligi;
- jismoniy tayyorgarlik va sport;
- falsafa;
- milliy g‘oya, O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi
- fuqarolik jamiyati;
- dinshunoslik;
- iqtisodiyot nazariyasi;
- ma’naviyat asoslari;
- tarix;
- siyosatshunoslik;
- huquqshunos;
- psixologiya;
- sotsiologiya;
- jahon adabiyoti;
- pedagogika;
- texnik ta’minot;
- yoqilg‘i moylash mahsulotlari ta’minoti.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasida asosiy, o‘rindosh yoki soatbay asosida ishlash istagini bildirgan ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar 2019 yil 29 aprel soat 16:00 ga qadar institut Xodimlar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.