Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida xalqaro miqyosida ilmiy-texnik konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkazish rejasi”ga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida 2019 yilning 20-21 sentyabr kunlari “Agrar sohani istiqbolli rivojlantirishda resurs tejovchi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-texnik konferensiya tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur anjumanda ishtirrok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar quyidagi axborot xati asosida o‘z ilmiy maqola va tezislarini taqdim etishlari mumkin.
Axborot xati Halqaro konferensiya taklifnomasi Andijan_International_conference
ITI va IPKTB xodimi S.Melikuziev