Abiturientlar diqqatiga!

2019/2020 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi. Sirtqi taʼlim shakliga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish (roʻyxatdan oʻtkazish) muddati 2019-yilning 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.