“Xitoy oliy ta’lim ko’rgazmasi” nomli tadbir

Joriy yilning 8-10 oktyabr kunlari “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida Xitoy Xalq Respublikasining 30 dan ortiq OTM lari ishtirokidagi “Xitoy oliy ta’lim ko’rgazmasi” (China Higher Education Exhibition) deb nomlangan ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan mazkur ko’rgazmada ishtirok etish istagida bo’lgan institutimiz talaba, magistrant, doktorant hamda professor-o’qituvchilarini taklif etib qolamiz. Ko’rgazmaning rasmiy ochilish marosimi 8 oktyabr soat 10:00 da.