TANLOV!!!

ERASMUS+ Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Gottingen universitetida o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida professor-o‘qituvchilarni tanlovda ishtirok etishlari taklif qilinadi. Buning uchun nomzod IELTS 6 (Level B2) darajada ingliz tilini bilishi lozim. Tadbirda ishtirok etadigan nomzod Gottingen universitetining hamkor bilan ilmiy va ta’lim ishlarni, ikki tomonlama diplom ta’lim dasturlarini hamda Erasmus+ imkoniyatlarini o’rganishi kerak.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lganlar pasport nus’hasi, CV, tavsiyanoma va maqsadni ifodalovchi (recommendation and motivation letter) xatini 2019 yil 12 iyulga qadar ecogiscentre@gmail.com elektron manziliga yuborishingizni so’raymiz. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon +998 71271934 yoki V bino 310-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.