TIQXMMI tomonidan Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience) hamda Vengriyadagi Obuda Universitetining Alba Regiya Texnika fakulteti bilan birgalikda “GISCA 2020” xalqaro konferensiya tashkillashtirilmoqda

 

Hurmatli professor-o’qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar!

 

              Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) tomonidan Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience) hamda Vengriyadagi Obuda Universitetining Alba Regiya Texnika fakulteti bilan birgalikda “GISCA 2020” xalqaro konferensiya tashkillashtirilmoqda.

 

              Ushbu konferensiyaga qabul qilingan ilmiy maqolalar konferensiyadan keyin SCOPUS xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilishi rejalashtirilgan.

O’tkazish vaqti:            1-3 iyun, 2020 yil

O’tkazilish joyi:             TIQXMMI

Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati:    2020 yilning 15 fevraligacha

Maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari:    http://intercarto.msu.ru/jour/submissions.php?lang=en veb-sahifasida keltirilgan.

Maqola tili: faqat ingliz tilida

 

Axborot xatlari ilova qilinadi.

GISCA20_1CFP_V2 - eng

GISCA20_1CFP_V2_ - uzb

Registration form - eng

IZOX:

Konferensiyaga topshiriladigan ilmiy maqolalar geoinformatika, geografik axborot tizimlari bilan bog’liq ishlarni o’z ichiga olishi talab etiladi. Ya’ni bunda maqolalar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini boshqarish, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo'jaligi, gidrotexnika qurilishi va melioratsiya hamda qishloq va suv xo'jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, shuningdek mexanika sohasida quyidagilarni amalga oshirish bo’yicha yangicha yondashuv, texnika, texnologiya va ishlanmalarga bag’ishlangan bo’lishi kerak:

  • Modellashtirish, 3 o’lchamli modellarni yaratish
  • Metrologiya va iqlim o’zgarishi
  • Yangi texnologiyalarni qo’llash
  • Loyihalash, rejalashtirish, monitoring qilish, baholash, tahlil qilish va boshqarish
  • Resurslarni barqaror boshqarish
  • Karta va planlarni yaratish
  • Axborot texnologiyalarini qo’llash

Ma’lumotlarni olish, tasniflash, yig’ish, saqlash, qayta ishlash, tasvirlash, tarqatish, tahlil qilish va boshqarish bo’yicha yangicha texnika va texnologiyalar.