Yaponiyaning Sizenkan universitetida magistratura mutaxassisligida ta'lim olish uchun stipendiya loyihasi
Yaponiyaning Sizenkan (Shizenkan University) universiteti magistratura mutaxassisligida ta'lim olish uchun nomzodning qobiliyatidan kelib chiqqan holda to'liq yoki qisman stipendiya dasturini e'lon qiladi.
Qatnashish istagida bo'lgan nomzodlar, mustaqil ravishda Sizenkan universiteti bilan quyidagi elektron manzil orqali bog'lanishlari mumkin: admissions@shizenkan.ac.jp. Mazkur universitetning qabul tartiblariga muvofiq barcha qiziqish bildirgan nomzodlar on-line tarzda anketani to'ldirib yuborishlari va hujjat topshirishning keyingi bosqichlarini amalga oshirishlari kerak.