Ilmiy maqolalarni qabul qilish muddati 25 sentyabrgacha uzaytirildi

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Xalqaro jurnalda chop etilgan maqolalar sifatida tan olinadigan Xalqaro konferensiyaga ilmiy maqolalarni qabul qilish muddati 25 sentyabrgacha uzaytirildi. Ilmiy maqolalarni chop etish mutlaqo bepul bo’lib, Erasmus+ DSinGIS loyihasi tomonidan moliyalashtiriladi. Batafsil ma’lumotni quyidagi axborot xatidan olishingiz mumkin:
 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Toshkent arxitektura va qurilish instituti

Qoraqalpoq davlat universiteti

Obuda universiteti (OU), Vengriya

Paris Lodron universiteti (PLUS), Zalsburg, Avstriya

Qirollik texnologiya universiteti, Stokgolm, Shvetsiya

Leybnits O’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo’jaligini rivojlantirish instituti (IAMO), Germaniya

AXBOROT XATI

Hurmatli hamkasblar!

“Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning  dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2019 yil 22-23 oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tadigan konferentsiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Anjumanda geoaxborot va uning tarmoq sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishdagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o‘zlari bajarayotgan va amalga tadbiq etilishi kutilayotgan innovatsion ishlanmalari, kashfiyotlari, ixtirolari hamda yangi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan maqola, ma’ruza va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari:

  • ta’lim tizimida geoaxborot texnologiyalari hamda ushbu soha bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari;
  • arxitektura va qurilish sohalarida  geoinformatikani qo‘llash muammolari;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish, irrigatsiya, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishda geoinformatika;
  • geodeziya, geologiya, geofizika, geografiya, kartografiya va kadastr tizimida geoinformatika;
  • GAT-kartografiyani rivojlantirishning dolzarb muammolari;
  • aerokosmik usullar va geoinformatika;
  • ekologiya, tabiiy resurslar va foydali qazilmalarni boshqarishda  geoinformatika;
  • geoinformatikani xalq xo‘jaligining boshqa sohalariga qo‘llash imkoniyatlari.

Ilmiy maqolalar uchun qo‘yiladigan talablar:

  1. Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar matni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida IMRAD (https://ru.wikipedia.org/wiki/IMRAD) strukturasidagi talablar asosida yozilgan bo‘lib, hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
  2. O‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiyaning mavjudligi.
  3. O‘zbek, rus va ingliz tillarida kalit so‘zlarining mavjudligi (kamida 5 ta).
  4. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar keltirilishi shart.
  5. Matn Microsoft Word dasturida (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval, manbalar ro‘yxati matnda eslatma tartibida raqamlandi, matndagi havolalar to‘rtburchak qavs bilan ajratilishi kerak [1,2-bet]. Tasvirlar rangli yoki oq-qora variantda tayyorlanadi.
  6. Ilmiy maqolaga soha mutaxassisining taqrizi.

Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga mualliflar shaxsan javobgardirlar. Magistrantlar va iqtidorli talabalarning maqolalari ilmiy rahbarlar tavsiyasi asosida qabul qilinadi.

Konferensiya materiallari DSinGIS loyihasining veb sahifalariga joylashtiriladi (www.dsingis.eu http://geoinformatics.uz/dsingis/). Yuqori sifatga ega tanlab olingan maqolalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy texnik jurnalida chop etiladi. Mazkur jurnal Respublika Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan bo’lib, unda chop etilgan konferensiya maqolalari xalqaro maqolalar sifatida tan olinadi.Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, 2018 yil 25 sentyabrgacha tashkiliy qo‘mitaga yuborishingizni so‘raymiz.

Maqolalarni topshirish muddati: 2019 yil 25 sentyabr

Ma’ruza matnlarini jihozlash namunasi

FAZOVIY TAHLIL VA MODELLASHTIRISH

Niyazov V.R. (14 kegel)

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand, O‘zbekiston. niyazov_v@gmail.com (12 kegel)

Annotatsiya: matn (12 kegel)

Kalit so‘zlar: matn (12 kegel)

Matn (14 kegel)

Adabiyotlar ro‘yxati: (14 kegel)

  1. Aslanov A.F. Metakartografiya. Osnovnie problemi. – Tbilisi.: Mitsniyereba, 2017. -125 s. (12 kegel)
  2. https://ru.woshrnfjg/rettgfds

Ma’ruza materiallarini konferensiya ishi boshlanishiga qadar nashr qilish rejalashtirilgan.

Tashkiliy qo‘mita konferensiya mavzusiga va talablariga javob bermaydigan maqolalarni yoki belgilangan muddatdan keyin kelgan maqolalarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi tashkiliy qo‘mita a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin:

  1. Niyazov Voxid, tel.:  99897-923-16-08,  99866-234-62-48, e-mail: vohid85-85@mail.ru
  2. Xushvaqtov Usmon, tel.:  99893-355-19-31,  99366-237-18-47, e-mail: usmon-xx@mail.ru

Tashkiliy qo‘mita manzili:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti. 140147, Samarqand sh., Lolazor ko‘chasi 4, Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Telefon:  99366-237-18-47, faks  99366-237-26-30