N.A.Holiqovaning (PhD) dissertatsiya ishining muhokamasi
TIQXMMI huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.10.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2018 yil 14 aprel kuni soat 10:00da navbatdagi yig‘ilishida Holiqova Nargiza Abduvalievnaning 05.07.02 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Motor moylarini oksidlanish mahsulotlaridan tozalash qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 4-ma’ruzalar zalida.