Shveytsariyada suv resurslarni barqaror boshqarish yo`nalishi bo`yicha doktorantura va magistratura

Ushbu dastur 2018 yilning sentyabr oyidan boshlanadi hamda ingliz tilida olib boriladi. MASTER OF ADVANCE STUDIES” dasturi suv resurslarni boshqarish yo`nalishidagi mutaxassislarni kelajakda suv tanqisligi sababli kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish bo`yicha malakasini oshirishga qaratilgan bo`lib, ushbu grant tanlov asosida olib boriladi.

Mazkur grant 1 yillik bo`lib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • CV (rezyume);
  • magistr yoki bakalavr diplomi hamda ilovasi;
  • motivatsiya xati (Motivation Letter);
  • ilmiy ishlar ro`yxati (dissertatsiya mavzusi) (Research Plan);
  • tavsiyanoma;
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (C1 yoki IELTS 7 sertifikati).

Arizalar 31.03.2018 yilgacha qabul qilinadi!

Мazkur dastur bilan bog`liq batafsil ma`lumotlarni quyidagi veb-sahifalar orqali olishingiz mumkin:

http://www.mas-swr.ethz.ch/

https://www.ethz.ch/content/dam/ethz/special-interest/study-programme-websites/master-swr-dam/documents/MAS-ETH-Zurich-Brochure-2016.pdf