Mahorat darsi
2019 - yil 26 - oktyabr kuni TIQXMMI Qarshi filialining “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1-kurs 101 va 116-guruh talabalari uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligigni mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Umumtexnik fanlar” kafedrasi dotsenti I. Avazov tomonidan CAD-CAE-CAM loyihalash tizimlari mavzusida “Master Klass” tashkil etildi.
Mashg’ulotni o’tishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) dasturlari, ularning imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Dars qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov