Mavsumiy balo – is gazidan saqlaning
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti talaba-yoshlariga is gazidan zaharlanish, gaz havo aralashmasi chaqnashini oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani B.Norov ochib talabalar turar joyi, ijarada va yaqin qarindoshlari uylarida istiqomat qiladigan talabalar o‘rtasida is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida ushbu tadbir zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbirda Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri A.Xojiyev so‘zga chiqib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublikada so‘nggi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liqligini va uning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’i amal qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga noxush holatlarning oldini olish maqsadida tarqatma materiallar tarqatildi.Ta’kidlash joizki, institutda tahsil olayotgan talabalarning salomatligini ta’minlash hamda ular ijarada turgan uy sharoiti bilan tanishib borish dekan muovinlari hamda guruh murabbiylari tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi.
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbisari O.Ro`zibayev