Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida 1 kurs talaba-yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish hamda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda fakultetning YOshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, tarbiyachi pedagog SH.Islamova, tashabbusi bilan “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilik, zo‘ravonlikka qarshi kurashish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan soha xodimlari Toshkent shahar YUnusobod tumani IIOFMB 1 sonli IIB XPB “Mirzo Ulug‘bek” mahalla profilaktika inspektori kapitan Saidaxmedov Sarvar Sunnatovich, I.Komiljonov, Q.Ikromov, U.Tursunovlar so‘zga chiqib, bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotrafik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil etayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o‘z tinchligimizning qadriga etish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini ta’kidladi. SHuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju qo‘yayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganligi to‘g‘risida ham talaba-yoshlar tushunchalar berib o‘tishdi. Har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugaydi, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar bundan faqat moddiy manfaat topish uchungina qo‘l uradilar. Biz bu tinchlikka osonlik bilan erishganimiz yo‘q shuning uchun endi uni qadrlashimiz, asrashimiz kerak va zarurligini, O‘zbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qo‘lida ekanligi to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq va aniq javoblar berildi. SHundan so‘ng fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.
ERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati