Ustoz shogird musobaqasi

Bugungi kunda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etishda sportning o‘rni bеqiyos. Jismoniy tarbiya, talabalar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda, chunki u kishi salomatligini saqlash va mustaxkamlash uni jismoniy jihatdan rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish vositasi bo‘ lib kеlmoqda.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev va assistant Javlon Ishchanovlar 3-TTJda 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qiziqarli musobaqa uyushtirdilar. Musobaqada talabalar komandalari bilan birgalikda ustozlar komandasi ham ishtirok etdi. Bu esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Musobaqa juda ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tdi. Ustozlarning musobaqada mahorat bilan ishtirok etishi, umuman sport bilan shug‘ullanishlari talabalarga o‘rnak bo‘ldi deyish mumkin. Bu uchrashuv talabalarni sportga yanada yaqinlashtirishda biroz bo‘lsada turtki bo‘lsa ajab emas.

 

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov