M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professorining kadastr sohasiga oid maxsus seminar
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Sapojnikov Pyotr Mixailovich institutga tashrif buyurdi. Yer resurslari boshqarish fakultetida “O‘zdavyerloyiha” instituti va Kadastr agentligi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun maxsus seminarlar tashkil etildi. Prof. P.M.Sapojnikovning birinchi seminari “Rossiyada kadastr baholashga oid qonunchilik xujjatlari. Kadastr injenyerligi faoliyati” mavzularida bo‘lib o‘tdi. Seminarda fakultet professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlar ishtirok etishdi.
Ikkinchi seminar “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning davlat kadastr bahosi. Qishloq xo‘jaligi yer turlarining kadastr bahosini shakllantirishda agroiqlim va tuproq ko‘rsatkichlarining roli” mavzularida o‘tkazildi. Ushbu seminarda Yer resurslarini boshqarish fakulteti bitiruvchi 4-kurs talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminarda Prof. P.M.Sapojnikov sohaga oid bo‘lgan kadastr injenyerlik ishlari faoliyati hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining kadastr bahosini aniqlash bo‘yicha Rossiya tajribasi bilan tanishtirdi va O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tajriba almashdi. Seminar ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tdi.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti