Ustoz va murabbiylar hayot bo‘stonidagi niholning daraxtga aylanishi uchun beminnat xizmat qiladilar. Yoshlarni ma’naviy yetuk va barkamol inson etib tarbiyalashda tabarruk ustoz va murabbiylarimizning o‘rni beqiyosdir. Ustoz-u muallimlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdirlar, ular tufayli odamlar to‘g‘ri yo‘lni topadilar, ularning sharofati bilan jaholat zulmatlaridan omonlik qirg‘og‘iga yetishadilar. Ilmning bebaholigini, odamiylikni har narsadan ustun qo‘yadilar. Bunday kishilar xalqning, Vatanning qalqonidirlar.
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan fakultetda o‘zlarining kasbiy va hayotiy tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan ustoz va murabbiylar "Suvmash" aksionerlik jamiyati hamda "O‘zsuvmaxsusqurilish" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Zero, ustoz-u muallimlar jamiyat binosining binokorlari, ong-u tafakkur muhandislari va ma’rifat bog‘ining bog‘bonlaridir.